Rossiya IIV migrantlar orasida jinoyatlar soni kamayganligini ma’lum qildi

Qotilliklar soni 20 %ga, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish holatlari - 1,8 %ga, talonchilik - 2,9 %ga, bosqinchilik - 12,7 %ga kamaydi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiyada may oyida migrantlar o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 10,9 foizga kam jinoyat sodir etishdi, dedi Irina Volk, Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili.

Rossiya migrantlar federatsiyasi ish beruvchilarga murojaat qildi - video

"Bir qator ekspertlarning hadiksirashiga qaramay, cheklov choralari sharoitida migrantlar jinoiy faolligi oshgani yo‘q. Unga teskari tendensiya davom etmoqda. May oyida xorijiy fuqarolar bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 10,9 foizga kam jinoyat sodir etishdi", - dedi Volk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qotilliklar soni 20 %ga, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish holatlari - 1,8 %ga, talonchilik - 2,9 %ga, bosqinchilik - 12,7 %ga kamaydi.