Rossiya migrantlar federatsiyasi sahifasida ish beruvchilar uchun kadrlar izlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqida federatsiya rahbari Vadim Kojenov maxsus videolavha e’lon qildi.
"Pandemiya tufayli ko‘plab migrantlar ishsiz qolishgan: ular ta’tilga chiqarilgan yoki ishdan bo‘shatilgan. Ularning hozir ishi ham yo‘q puli ham yo‘q va hatto uyiga qaytishga imkoniyati ham yo‘q. Bizga har kuni "biror ish bormi" degan mavzuda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda", - deydi Kojenov.
Ushbu munosabat bilan federatsiya rahbari Rossiyalik biznesmenlarga yuzlanib, agar ularga kadrlar kerak bo‘lsa, elektron pochta orqali xabar yuborishni so‘radi. Shuningdek, barcha vakansiyala RMF saytidagi maxsus bo‘limda bepul chop etilishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan so‘ng Rossiyada migrantlarning oylik patent to‘lovlari 3 oygacha bekor qilingan qilingan edi.