Qozog‘istonliklar may oyida eng ko‘p Ravon Nexia xarid qilishdi

Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar top-10 reytingiga Ravon Nexia R3 avtomobili yetakchilik qildi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar top-10 reytingiga Ravon Nexia R3 avtomobili yetakchilik qildi. May oyida mamlakatda 1007 dona model sotilgan. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ axborot xizmati xabar qilmoqda.

UzAuto Motors Belarusda Chevrolet brendi ostida avtomobillar sotishni boshladi

Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston avtomobil bozorida savdo 2019-yilning shu davri bilan taqqoslaganda 6% o‘sgan. O‘tgan yili Qozog‘istonda 3 536 dona Ravon Nexia R3 sotilgan.

Bundan tashqari, Ravon rusumi Qozog‘iston bozorida yetakchilik qilayotgan TOP-5 brendlar ro‘yxatiga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyidan buyon UzAuto Motors Qozog‘istonda avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshladi.