Amerika o‘z qahramonlariga qarshi. Nega u yerda politsiyadan qutulishni xohlashmoqda

May oyining oxiridan beri AQShni titroqqa solayotgan irqchilik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar, amerikaliklarni qonunni himoyachilariga qanchalar muxtojligi haqida o‘ylashga majburladi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun - Sputnik, Sofya Melnichuk. May oyining oxiridan beri AQShni titroqqa solayotgan irqchilik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar, amerikaliklarni qonunni himoyachilariga qanchalar muxtojligi haqida o‘ylashga majburladi. Faollar gapirayotgan va OAVlar yozayotgan o‘sha zo‘ravonlikka turli yo‘llar barham berish taklif qilishmoqda: keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, politsiyani moliyalashtirishdan mahrum qilish va hattoki undan butunlay qutulish. Bunday tadbirlar ro‘yobga chiqishi mumkinmi, RIA Novosti o‘rgandi.

"Botqoqqa tortib ketadi". AQSh Yaqin Sharqdagi ruslardan xavotirda

Islohotlar vaqti

Demokratlar Kongressga huquq tartibot organlari hodimlarini ta’qib qilishni yengillashtirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Aslida, bu politsiyachilarni ular hibsga olayotgan paytda inson huquqlarini buzgan taqdirda tergovdan himoya qiladigan daxlsizlikni bekor qilish haqida. Politsiyachilar o‘z xohishlariga binoan kuch va o‘qotar qurollardan foydalanish huquqiga egalar - chunki amerikaliklarning 43 foizi o‘qotar qurolga egadirlar.

"Tizimli irqchilikni va keraksiz nazorat choralarini yo‘q qilish uchun yagona kurs bo‘lmaganligi sababli, islohotlar orqali tarkibiy o‘zgarishlar vaqti keldi", - deyiladi kongressmenlar murojaatida.

Hujjat "Adolat qonuni 2020" deb nomlandi, bu yaqinda ro‘y bergan afro-amerikaliklarning o‘ldirilishiga javob bo‘ldi. Va tanqidchilar ta’kidlaganidek, zamonaviy tarixda "kongress tomonidan politsiya ishiga eng tajovuzkor aralashuvi".

Germaniya AQShga Amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi

Politsiyachilar ustidan milliy nazorat tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Xususan, ular har bir kuch ishlatish to‘g‘risida hisobot berishlariga majbur bo‘ladi. Nafasni qisish usullari taqiq ostiga tushadi – aynan shu tufayli Jorj Floyd vafot etdi. Huquqbuzarlarga nisbatan noxolis munosabatni oldini olish uchun treninglar kiritiladi - aks holda davlat tomonidan moliyalashtirish haqidagi gaplar bo‘lmaydi.

1977 yildan beri mintaqaviy va mahalliy hukumatning politsiyaga sarf-xarajatlari 42 milliarddan 115 milliard dollargacha ko‘tarildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlarining ehtiyojlari uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining ulushi deyarli o‘zgarmadi - qariyb to‘rt foiz.

Huquqni muhofaza qilish tuzilmalari qimmatga tushmoqda. Masalan, Ostin shahrining politsiya bo‘limi 2012-yildan 2017-yilgacha bronejiletlar, dubulg‘alar, tayoqlar, tutun granatalari, gaz purkagichlar va boshqa amunitsiyaga bir million dollardan ko‘proq pul sarflagan. El-Paso va Denverdagi hamkasblari ham taxminan shuncha sarf qildi.

Politsiyachining to‘liq jihozlari - kiyim-kechagi, qurol-yarog‘i, elektroshoker, ratsiya, bronejileti - qariyb 4,5 ming dollarni tashkil etadi. Radar, kompyuter va kuzatuv tizimiga ega mashina - modeliga qarab 25-50 ming. Bir politsiyachining bir yillik ish haqi 82 mingni tashkil etadi, bu o‘rtacha amerikalikning yillik daromadidan bir yarim baravar ko‘p.

Pul muammosi, ayniqsa, koronavirus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy pasayish tufayli dolzarb bo‘lib qoldi. Masalan, Nyu-Yorkda hukumat politsiyaning 6 milliard dollarlik budjetni saqlab qolishni talab qilmoqda, shu bilan birga ta’lim tuzilmalari va yoshlar dasturlari subsidiyalarning 80 foizini yo‘qotadi.

Germaniya AQShga Amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi

Pul yo‘q - muammo yo‘q

Huquqni muhofaza qilish tizimini moliyalashtirishni qisqartirish haqidagi chaqiriqlar 2014-yilda Missurida politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar paytidan yangray boshladi.

Ushbu radikal choraning tarafdorlari, nazorat va treninglar yordam bermaydi deb hisoblashadi: ahir haloq bo‘lganlar soni ko‘paymoqdaku. To‘g‘ri, statistika bu yerda kuchli asos emas. Ba’zi manbalarga ko‘ra, oq tanli amerikaliklar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarda ko‘proq halok bo‘lishadi. Boshqalariga ko‘ra esa, afro-amerikaliklar orasida qurbonlar ikki baravar ko‘p. CNN telekanaliga ko‘ra, Amerika politsiyasi boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda ancha tajovuzkor: 2018-yilda AQShda mingga yaqin odam otib o‘ldirilgan. Taqqoslash uchun, Germaniyada - 11ta, Avstraliyada - 8ta, Shvetsiyada - 6ta, Angliyada - 3ta.

Shuning uchun, ko‘pchilik ishonishicha, charhpalakni to‘htatishga imkon beradigan yagona narsa bu politsiyadan pul tortib olishdir. Bo‘shagan mablag‘lar muhtojlarga yo‘naltirilishi kerak. Black Lives Matter ("qoratanlilar hayoti muhim") harakatining hammuassisi Patris Kullorsning tushuntirishicha, "gap sarmoyalarni qoratanlilar jamoalarga kiritish haqida". Kullors fikriga ko‘ra, bu alohida politsiya xodimlarini javobgarlikka tortishdan ko‘ra muhimroqdir.

AQSh Davlat departamenti Rossiyadan “Yaqin Sharqdan daf bo‘lish”ni talab qildi

Bundan tashqari, mablag‘larni maktab va kasalxonalarga, ruhiy salomatlikni qilish va oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish bilan shug‘ullanadiganlarga berilishi mumkin.

Tartib himoyachilarisiz tartib

Ba’zilar bundan ham uzoqroqqa qadam bosib, politsiyani shunchaki tarqatib yuborishni taklif qilishmoqda. Jorj Floyd vafot etgan Minneapolisda ushbu maqsadni MPD150 jamoat tashkiloti o‘z oldiga qo‘ydi. Politsiyachilar - "atigi quroli bor notanishlar", "inqirozli vaziyatlarda" esa psixologlar, ijtimoiy xodimlar va jabrlanuvchilarning advokatlari ishlashlari kerak.

Agar kambag‘allarga yaxshi ma’lumot berilib, ular ishga joylashtirilsa va ularning ruhiy salomatligi profilaktikasi bilan shug‘ullaniladigan bo‘lsa, huquqni muhofaza qilish organlariga umuman muxtojlik qolmaydi.

Qurollangan talonchilar, qotil va boshqa yovuzlar bilan nima qilish kerak? MPD150 quyidagicha javob beradi: agar inson asosiy ehtiyojlarni boshqa yo‘llar bilan qondira olmasa, jinoyatlar sodir etishga majbur bo‘ladi. "Zo‘ravonlik harakatlariga javoban munosabat bildirish uchun cheklangan ixtisoslashgan guruh kerak, - deya ta’kidlaydi ijtimoiy faollar. - Hozirda politsiyachilar nafaqat bu bilan shug‘ullanmoqdalar: ular yo‘lda mashinalarni asossiz to‘xtatishmoqda, mayda giyohvandlarni hibsga olishmoqda va qora tanlilarga taziyq o‘tkazmoqda, bu esa odamlarda jinoiy huquq tizimining taziyqi hissini kuchaytirmoqda".

Rossiya dushman emas. AQSh sobiq davlat kotibi Trampning noto‘g‘ri yondashuviga ishora qildi

Sobiq federal prokuror, Trey Gaudi bu mantiqqa qo‘shilmaydi. "Ko‘chada yalang‘och holda qo‘lida pichoq bilan yugurib yurib, o‘zini Iso deb hisoblaydigan odamni ko‘rsangiz psixologik yordam xizmatiga emas, politsiyaga murojaat qilishingiz kerak, - deydi u. – Mana sizning aytishingiz bo‘yicha, politsiyani tarqatib yuborish kerak. Va menga qiziq, ularning vazifalarini kim bajaradi?"

Birinchi qadamlar

Minneapolisda nafaqat faollar, balki amaldorlar ham huquq-tartibot idoralarisiz hayt haqida o‘ylashdi. "Biz politsiya bo‘limini yo‘q qilamiz. Biz jamoat xavfsizligi va favqulodda choralarga nisbatan yondashuvimizni tubdan qayta ko‘rib chiqamiz", - deb yozadi Tvitterida shahar kengashi a’zosi Jeremaya Ellison.

Unga yana bir qator hamkasblari, jumladan shahar kengashi rahbari Liza Bender ham qo‘shildi. Floyd qabri oldida tiz cho‘kib yig‘lagan shahar meri Jeykob Frey esa bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadi: "Men butun boshli politsiya bo‘limining tarqatilib yuborilishiga qarshiman, men buni ochiqchasiga aytaman". Biroq, "irqchi tizimni to‘g‘rilash uchun" ulkan tarkibiy islohotni" u ma’qullaydi.

Yaqin Sharqda Rossiyaning roli haqida AQSh bayonoti – Zaxarova javobi

Politsiyachilar, bunday choralar vaziyatni yanada yomonlashtiradi, deb ishonadi. "Bu sodir bo‘layotgan vaziyatga hatto javob ham emas, - deydi nafaqadagi leytenant Gven Ganter. - Men hatto, ular "politsiyaga muhtojmiz" deyishlariga qancha vaqt ketishini bilmoqchiman.

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha: politsiyaga bosim qanchalar kuchaygan sari, politsiyachilar shunchalar o‘zlari va xizmat vakolatlarini suiste’mol qilganlikda ayblanayotgan hamkasblarini himoya qilmoqdalar. Politsiya kasaba uyushmalari ilgarilari ham huquqni muhofaza organlari tizimini isloh qilinishiga to‘sqinlik qilgan va o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi dargumon.

Norozilik paytida politsiyachilar ham jabrlanganini unutmaslik kerak. Nyu-Yorkda 292 huquq-tartibot xodimi tan jarohati oldi, Chikagoda - 130, Las-Vegasda politsiyachi bir namoyishchi tomonidan otib tashlangach og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Politsiyani tugatish, hech bo‘lmaganda yaqin yillarda amalga oshirilmaydi, chunki bu jamiyatni butunlay boshqacha tashkil etilishini talab qiladi, deb hisoblaydi IMEMO RAN Shimoliy Amerika tadqiqotlari markazi rahbari Viktoriya Juravleva.

"Mamlakatda ko‘plab mahalliy jamoat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, - deydi u RIA Novosti bilan suhbatda. - Masalan, sheriflarni mahalliy aholi saylaydi va kichik shaharlar hanuz politsiyasiz yashaydi - ularga sherifning o‘zi kifoya. Muammo shundaki, megapolislarda nima qilish kerak".

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, islohot ham yaqin kelajakda bo‘lishi shubhali. "Respublikachilar va Demokratik partiyalarning federal darajada murosaga kelish ehtimoli unchalik katta emas. Bu jiddiy mavzu, xususan, shaxsiy qurolga bo‘lgan huquq kabi qadr-qimmatliklarga doir", - deydi Juravleva.

“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

Amerikashunos-siyosatshunos Dmitriy Drobniskiyning ta’kidlashicha, hatto federal nazorat tizimini yaratish taklifi ham AQSh Konstitutsiyasiga ziddir, chunki bu bilan shtatlarning o‘zlari shug‘ullanishi kerak. "Yoki asosiy qonunni o‘zgartirish kerak, yoki inqilobchilarga bo‘ysunish yoki bularning barchasini inkor qilish kerak. Agar hissiyotlarga emas, balki raqamlarga qarasak, so‘nggi o‘n yil ichida politsiya qurbonlari soni kamaygan. To‘g‘ri, barcha muammolar hal etilmadi, ammo dunyoda barcha muammolar hal etilib bo‘lgan joy bormi o‘zi?" - deb mulohaza qiladi u.

Qizg‘in munozaralarga qaramay, so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklarning 50 foizdan ortig‘i politsiya ishidan mamnun (16 foizigina norozi). Shu sababli, fuqarolik jamiyati murosaga kelish uchun hali ancha uzoq yo‘lni bosib o‘tishi kerak. Oq uy allaqachon o‘z aniq fikrini bildirib bo‘ldi. Donald Trampning ta’kidlashicha, politsiya mamlakatga "tinchlikda" yashashga imkon bermoqda va "xodimlarning 99 foizi namunali odamlardir". Shu sababli, AQSh prezidenti ishontirishicha, xech qanday moliyaviy cheklovlar bo‘lmaydi, tarqatib yuborish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas.