"Botqoqqa tortib ketadi". AQSh Yaqin Sharqdagi ruslardan xavotirda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligida AQSh davlat departamentining Rossiyadan "Yaqin Sharqdan daf bo‘lish" chaqirig‘ini "ahmoqlik" deb atadi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun - Sputnik, Galiya Ibragimova. Rossiya "Yaqin Sharqdan daf bo‘lishi" kerak, chunki tarixan amerikaliklar mintaqada asosiy tayanch bo‘lgan, deb hisoblashadi Davlat departamentida. Vashingtonning fikriga ko‘ra, Moskva Iroq, Suriya va Liviyani tiklashga faqatgina halaqit bermoqda. Oq uyning Yaqin Sharqda aniq strategiyasi bormi-yo‘qmi va Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaning xatti-harakatlariga nima deb da’vo qilmoqda, RIA Novosti o‘rganib chiqdi.

AQSh Davlat departamenti Rossiyadan “Yaqin Sharqdan daf bo‘lish”ni talab qildi

An’anaviy ittifoqchilar

"Ruslarni Yaqin Sharqdan uzoqlashtirish Amerika siyosatining mazmun-mohiyatidir. Biz bu aqidaga qirq besh yildan beri amal qilib kelmoqdamiz. Hozirda Rossiya mintaqada buzg‘unchi rolini o‘ynab kelmoqda. Biz uni bu mintaqadan daf bo‘lishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri talab qilamiz", - dedi Davlat kotibining yordamchisi Devid Shenker Vashingtondagi Yaqin Sharq institutida bo‘lib o‘tgan videokonferensiyada.

AQShning mintaqadagi tarixiy ahamiyatini muhokama qilar ekan, Shenker ruslarni emas, balki amerikaliklarni qo‘llab-quvvatlashiga doimo e’tibor qaratgan davlatlarni sanab o‘tdi. U Saudiya Arabistoni, BAA, Iroq, Isroil va Falastinni eslatib o‘tdi.

Shenkerga ko‘ra, Vashington hammasidan ko‘ra arab-isroil sulhidan xavotirda. Oq uy yaqin kelajakda tomonlar "asr kelishuviga" o‘tishini kutmoqda. Shenker Isroil va Fors ko‘rfazi ba’zi monarxiyalari Amerika tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganini eslatdi. Ammo u Falastin hukumati bitim tafsilotlaridan keyin xabar topganini aytmadi.

Shenker, shuningdek, Iroq, Yaman, Qatar, Saudiya Arabistoniga koronavirusga qarshi kurashda yordami haqida ham gapirdi - bu mamlakatlarga test tizimlari va dori-darmonlar yetkazib berildi.

Rossiya dushman emas. AQSh sobiq davlat kotibi Trampning noto‘g‘ri yondashuviga ishora qildi

"Obamaning katta xatosi"

Ammo amerikaliklarga Yaqin Sharqda Rossiya va Xitoy halaqit bermoqda. "Buyuk davlatlar o‘rtasidagi raqobat mintaqa davlatlarini tanlov qilishga majbur qiladi. AQSh hech kimni bu ishda qatnashishga majbur qilmaydi", - deya ishontirdi Shenker.

Davlat departamenti asosiy kuchlarini Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga Moskva va Pekin bilan hamkorlikning oqibatlarini tushuntirishga yo‘naltiradi: ular oqibatlari haqida xabardor bo‘lsin.

Amaldor Suriya va Iroqda "Islom davlati"*ning mag‘lubiyatini Amerika strategiyasining asosiy yutuqlari deb nomladi. Ammo ID* va "Al-Qoida"* turli bo‘linmalariga qarshi kurash hali yakunlanmagan va AQSh o‘zining ittifoqchilari bilan terrorizmga qarshi kurash davom ettiradi.

AQSh tanazzul yilnomasi: bolalar politsiyadan qo‘rqishga o‘rgatilmoqda

Shenkerning tahkidlashicha, Iroq amerikaliklarning yordami bilan tiklanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Iroqning yangi bosh vaziri Mustafo al-Kazemi bilan tez fursatda aloqalarni o‘rnatdi va loyihalar bo‘yicha hamkorlik rivojlanmoqda.

Suriya borasida esa amerikaliklar, Davlat departamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, javobgarlikdan qochmaydilar va qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar. Ammo ularga mamlakatda hokimiyatni egallab turgan Bashar Asad va Rossiya xalaqit bermoqda.

Amaldor Barak Obamani Moskvaning Yaqin Sharqdagi mavqeyini mustahkamlashda aybladi. "U ruslarning Suriyaga kelishini olqishladi. Shubhasiz, bu ularni botqoqqa bettar tortib ketishiga ishongan. Ammo Rossiya urush yo‘lini o‘zgartirdi va Asad shu kungacha bu yerda qolmoqda. Bu avvalgi ma’muriyatning qo‘pol xatosi bo‘ldi", - dedi Shenker.

Amerika ahmoqligi

Rossiyaga qarshi ayblovlarning keyingi bobi - Liviyadagi vaziyat. "Suriyadagi muvaffaqiyatlar Rossiya hukumatini ilhomlantirdi", - dedi Davlat departamenti vakili. Moskva sobiq Jamahiriyada faol amaliyotlarni boshlab yubordi.

Biroq, "Rossiya, Liviya mojarosini hal qilishda na samarali va na barqarorlashtiruvchi rolni o‘ynamadi", - deb hisoblaydi Shenker.

Yaqin Sharqda Rossiyaning roli haqida AQSh bayonoti – Zaxarova javobi

Oq uy Moskvaning Eron bilan hamkorligini ham yoqtirmaydi. Xavotirga soladigan yana bir sabab bu Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi davom etayotgan aloqalari, ammo mart oyida mamlakatlar neft narxi bo‘yicha kelisha olmadilar.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligida "Yaqin Sharqdan daf bo‘lish" chaqirig‘ini "ahmoqlik" deb atadi. "Ko‘rinishidan, u (Shenker - tahr.) o‘zi nima haqida gapirayotganini tushunmayapti chog‘i. U yaxshilik va yomonlik chegaralaridan o‘tib ketdi. Kasbiy tayyorgarlik darajasi juda pastga tushib ketgan", - deb javob berishdi vazirlikda.

Botqoqdan chiqish

"Rossiya 2015-yilda Suriyaga kirganida, amerikaliklar aslida ko‘p ham e’tiro’ bildirmagan. Ular ruslar nima qilishlarini ko‘rmoqchi bo‘lishdi, lekin ular xuddi shu "Yaqin Sharqdagi huddi shunday botqoq muqarrarligiga" ishonchi komil bo‘lgan", - dedi RIA Novosti bilan suhbatda RSMD Yaqin Sharq loyihalari koordinatori Ruslan Mamedov. - Biroq, Moskva Suriya yo‘nalishi bo‘yicha sezilarli natijalarga erishdi. Asad hali ham xokimiyat tepasida, Vashington buni aniq kutmagan. Rossiya Suriyadagi muhim siyosiy institutlarni saqlab qolishga umid qilgandi va bunga erishdi ham".

“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

Bu mamlakatdagi vaziyat hozirda amerikaliklarning diqqat markazida. Shenkerning Rossiyaga qarshi hujumlari, shu jumladan, Suriya yo‘nalishi bilan bog‘liq, deydi Mamedov.

"AQSh Kongressi faol ravishda "Sezar" nomi bilan tanish "Suriyaning tinch aholisini himoya qilish to‘g‘risida" qonun ustida ish olib bormoqda. Ushbu hujjat Damashqqa qarshi iqtisodiy sanksiyalarni ko‘zda tutadi. Hech bir kompaniya, shu jumladan, Rossiya kompaniyalari ham, Suriya iqtisodiyotiga sarmoya kiritish xohshi bo‘lmaydi", - deydi ekspert.

Moskva vaziyatning jiddiyligini anglamoqda va qanday davom etishni o‘ylamoqda.

"Asosiy vazifa - iqtisodiyotni tiklash uchun Suriyaga tashqi investorlarini topish. Pandemiya bo‘lmay turib BAA yordam berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan. Ammo koronavirus va neft narxining pasayishi boy arab monarxiyalarining inqiroziga olib keldi. Tez yordam kutishdan ma’no yo‘q, ammo muzokaralarni davom ettirish kerak", - deydi Mamedov.

"Hech kimda kelishilgan strategiya yo‘q."

Liviyada Muammar Kaddafi rejimi ag‘darilganidan keyin Rossiya mamlakatda normal hayotni tiklashga intilgan sanoqli davlatlardan biri bo‘ldi, deydi Liviyalik siyosiy tahlilchisi Mustafo Fetouri RIA Novosti bilan suhbatda. U Davlat departamentining Moskvaning "buzg‘unchi roli" haqidagi gaplariga qo‘shilmaydi.

Norozilik olovida: AQSh tartibsizliklarda Rossiyani ayblashga harakat qilmoqda

"Jamaxiriyada bo‘linish yuz berganda, Rossiya Suriya bilan band edi. Ammo liviyaliklar ertami-kechmi Moskva qaytib kelishiga va hech bo‘lmaganda qandaydir tartibni tiklashga harakat qilishiga ishonishgan. Ammo jarayon biroz cho‘zilib qoldi. Bu nafaqat tashqi o‘yinchilarning ta’siri bilan, balki ichki o‘yinlar bilan bog‘liq. Endilikda Rossiya Turkiya, YeI va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda Fayoz Saraj hukumati va general Xalifa Xaftarni muzokaralar stoliga o‘tkazishga harakat qilmoqda. Vazifa ancha mushkul", - deydi Fetouri.

Liviyalik siyosatshunosning ta’kidlashicha, Rossiya mojaroning barcha tomonlari bilan hamjihatlikda harakat qilib, shuning uchun u betaraf hakam sifatida harakat qilishi mumkin.

"AQShning Shimoliy Afrika bo‘yicha muayan strategiyasi yo‘q. Ammo amerikaliklar ko‘pincha mintaqadagi ittifoqchilarini mojarolarga undashadi. Shubhasiz, Anqara va Moskvada buni tushunishadi va bunday ssenariy amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaydilar", - dedi Fetouri.

Rossiya mamlakatdagi asosiy siyosiy institutlarni tiklanishidan manfaatdor va liviyaliklar buni tushunishmoqda. Boshqa tashqi o‘yinchilarga kelsak, ularning bu kabi muyayan maqsadlari bo‘yicha hech qanday aniqlik yo‘q.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.