Toshkentda “Do‘stlik – Qo‘yliq” metro yo‘nalishi qurib bitkazildi

Yangi yo‘nalishning uzunligi 11 kilometr.Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan “Do‘stlik – Qo‘yliq” metro liniyasi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentdan Nurafshon shahriga metro qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yo‘nalishning uzunligi 11 kilometr.Ushbu yo‘nalishda poyezdlarning o‘rtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.

Bekatlar 5 ta vagon to‘xtashi uchun mo‘ljallangan. Har bir bekat milliy me’morchilik uslubiga xos tarzda qurildi, ular ko‘rinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.

Metro liniyalarining estakada yo‘nalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan.