BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda

Bivshie boyeviki Talibana nesut svoe orujie
Ta’kidlanishicha, AQSh bilan tinchlik muzokaralari davomida toliblar “Al-Qoida”* a’zolari bilan kamida olti marta oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazgan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati AQSh bilan tinchlik bitimiga qaramasdan haligacha “Al-Qoida”* terrorchilik tashkiloti bilan aloqalarni davom ettirib kelmoqda. Bu haqda Birlashgan millatlar tashkiloti hisobotida aytilgan.

Zaklyuchennie talibi vo vremya ix osvobojdeniya iz turmi Bagram, Afganistan
Afg‘onistonda birdaniga 900 nafar "Tolibon" a’zolari ozod qilindi

Ta’kidlanishicha, AQSh bilan tinchlik muzokaralari davomida toliblar “Al-Qoida”* a’zolari bilan kamida olti marta oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu terrorchilik tashkiloti yetakchilari hamda bir necha yuz jangarilari hozirgacha Afg‘onistonda bo‘lib turibdi.

“Tolibon”*ning, ayniqsa, “Haqqani tarmog‘i” va “Al-Qoida”* bilan aloqalari juda yaqinligicha qolmoqda, ular do‘stlik, umumiy kurash tarixi, mafkuraviy birdamlik va aralash nikohlarga asoslangan”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Fevral oyining oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va "Tolibon" radikal harakati 18-yil deganda birinchi marta tinchlik haqida bitim izoladilar. Bitim 14 oy mobaynida Afg‘onistondan chet el qo‘shinlari to‘liq chiqarilishini va mart oyida o‘zaro asir almashinuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari