O‘zbekistonda koronavirus: 28-may asosiy xabarlari

Bugunning o‘zida 35 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 2 694 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikada koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xabarlarni to‘pladi.

Bir sutka davomida 82 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 437  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 32 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  2 668 nafar.

Samarqandda koronavirus bemorlari uchun shifoxona qurilyapti

Ayni paytda 729 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Koreyadan yordam

“Uzbekistan Airways” AJning yuk tashish charter reys bilan Janubiy Koreyadan navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi. O‘zbekistonga 20 ta yarim avtomatik mexanizmli va ko‘p funksiyali tibbiy krovat Janubiy Koreyaning “Myung Sung Placon Co., Ltd” kompaniyasi ko‘magida olib kelindi.

Maktabga qabul

Bu yil O‘zbekistonda birinchi sinfga qabul jarayoni iyul oyidan boshlanadi. Bu haqda quyidagi havolada batafsil o‘qishingiz mumkin.

Samarqandda katta qurilish

Samarqandda harbiy shaharcha hududida 100 kishilik shifoxona qurilyapti. Yangi majmuada turli kasalliklar, shu jumladan yuqumli kasalliklar - koronavirus davolanadi. Shifoxonada davolash va jonlantirish bo‘limlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Harbiy shaharchaning yondosh hududida 1000 kishilik karantin majmua qurilishi boshlandi.

Yuz kishi karantinga olindi

Koronavirusga chalingan ikki haydovchi sababli 100 ga yaqin kishi karantinga olindi.

22 may kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 50 yoshli R.R. Izboskan tumanida yashovchi sherigi, 32 yoshli B.Q. bilan  birgalikda xalqaro yuk tashish avtomashinasida Rossiyadan Toshkent viloyati Qibray tumani hududidagi chegara-nazorat postiga yetib kelgan. Shu kunning o‘zida har ikki haydovchidan koronavirus infeksiyasiga surtma olingan. Ertasiga, 23-may kuni B.Q. da gumon natija qayd etilganligi uchun takroran tahlil topshirgan, R.R.da esa kasallik aniqlanmagan.

Koronavirus Markaziy Osiyoda: Tojikiston o‘lim, Qozog‘iston aniqlangan holat bo‘yicha yetakchi

Lekin haydovchilar belgilangan sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan, chegara-nazorat posti avtoturargohidan uyiga chiqib ketishgan.

Epidemiologik surushtiruv natijasida Izboskan va Baliqchi tumanida R.R. va B.Q. bilan muloqotda bo‘lgan barcha 100 nafarga yaqin fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,69 milliondan oshdi, 356 ming kishi vafot etdi. 2,35 million kishi sog‘aydi.