MDH davlatlari terrorizmga qarshi kurashda harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak – ekspert

Terrorchilar Yaqin Sharqda faol harakat olib bormoqdalar, Shimoliy Afrikada vaziyatni keskinlashtirmoqda. Bundan tashqari, Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari orqali kirishga urinishlar soni keskin oshdi.
Sputnik

MDHning terrorizmga qarshi kurash va uni ta’minlash xarajatlarini legallashtirishga qarshi choralar ko‘rish to‘g‘risidagi shartnomasi katta ahamiyatga ega, chunki jangarilar hozirda dunyoning turli burchaklarida o‘z harakatlarini faollashtirmoqda, deb hisoblaydi harbiy ekspert Vladimir Bogatirev. U o‘z fikrini Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

MDH hukumat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi

Prezident Vladimir Putin MDH davlatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha shartnomasini imzolanishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

Bogatirev ta’kidlaganidek, terrorchilar Yaqin Sharqda faollashmoqda, Shimoliy Afrikadagi vaziyatni keskinlashtirmoqda. Bundan tashqari, Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari orqali kirishga urinishlar soni keskin oshdi.

"Daromadlarni legallashtirish tobora xalqaro hususiyatga ega bo‘lib bormoqda, shuning uchun MDH mamlakatlarining hozirgi bosqichda zamonaviy texnologiyalar, imkoniyatlar va kuchlarni hisobga olgan holda harakatlari va pozitsiyalarini muvofiqlashtirish juda muhim va o‘z vaqtidagi vazifadir", - dedi harbiy ekspert.

ODKB Tojikistonda harbiy mashq o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bugungi kunda xalqaro terrorchilik tashkilotlari transmilliy hususiyatga ega bo‘lmoqda, Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlari hududiga kirishga harakat qilmoqda.

Terrorizmga qo‘shimcha ravishda, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish xavfi ham ortmoqda, garchi milliy va xalqaro tizimlar asosidagi maxsus xizmatlar ushbu muammoni hal qilishayotgan bo‘lsa ham. Shu sababli, yangi texnologiyalarni, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni va dunyodagi geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur.