Italiyada Yevropada birinchi bo‘lib COVID-19ga chalingan erkakka o‘pka ko‘chirib o‘tkazildi

Operatsiya o‘n soatcha davom etgan. Uni ikkita operatsiya brigadasi o‘tkazgan, yana bitta brigada istalgan vaqtda ishga kirishish uchun tayyor holatda turgan.
Sputnik

TOShKENT, 28-may – Sputnik. Milanning eng mashhur "Polikliniko" kasalxonasi shifokorlari Yevropada birinchi bo‘lib yosh erkakka ikkala o‘pkani ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini amalga oshirdilar. Erkak sal oldin COVID-19ga chalinganligi uchun kasalxonaga yotqizilgan bo‘lgan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Turkiya O‘zbekistonga 50 dona IVL apparat yubordi

Payshanba kuni Focus mahalliy nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, operatsiya o‘n kun avval muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va hozirda bemor ahvoli tibbiyot xodimlarida havotir uyg‘otmayapti. Xabarda aytilishicha, 18 yashar, sportchilarga xos tana tuzilishiga ega italiyalik hech qanday surunkali kasalliklarga chalinmagan, ammo COVID-19ga chalingach, ikki oy vaqtni "San-Raffael" gospitalining jonlantirish bo‘limida o‘tkazgan.

U shu vaqt davomida IVL apparatiga ulangan bo‘lgan, sababi koronavirus uning o‘pkasini deyarli yo‘q qilgan. Shifokorlar yuzaga kelgan vaziyatda yosh bemorni faqatgina o‘pka transplantatsiyasi qutqarishi mumkin, degan xulosaga keladilar.

"O‘pkani ko‘chirib o‘tkazish - bu har doim murakkab jarrohlik amaliyoti sanaladi, lekin uni COVID-19ni boshdan kechirgan va og‘ir ahvolda bo‘lgan bemorda o‘tkazish biz uchun jiddiy chaqiriq bo‘ldi", - deb hikoya qilgan jurnalistlarga "Polikliniko"ning tezkor torakal jarrohlik xizmati direktori Mario Nozotti.

MDH hukumat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi

Shifokorlar jarrohlik oldidan bemorga COVID-19ga qarshi davolash kursini o‘tkazganlar. Faqatgina virus chekinganiga amin bo‘lgach, ular mos keladigan donorni izlashga kirishgan va bu ikki hafta vaqtni olgan.

Nozottining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya o‘n soatcha davom etgan. Uni ikkita operatsiya brigadasi o‘tkazgan, yana bitta brigada istalgan vaqtda ishga kirishish uchun tayyor holatda turgan.

"Bemorda koronavirusga o‘tkazilgan test manfiy javob bergani bilan, biz medpersonalni ehtimoliy infeksiyalashdan himoyalash uchun barcha choralarni ko‘rdik. Albatta, maxsus himoya niqoblari, ventilyatsiyali himoya shlemlari va ikkitalik qo‘lqoplarda ishlash jarrohlar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Ammo shunga qaramay, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va undan so‘ng bemor intensiv davolash bo‘limiga o‘tkazildi va hozirgacha o‘sha yerda bo‘lib turibdi", - deb xabar qildi Nozotti.

Bemor hushida, unda mustaqil nafas olish funksiyalarini tiklash maqsadida fizioterapiya o‘tkazilmoqda.