TOShKENT, 22-may — Sputnik. Turkiya O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi, deb xabar qildi “Dunyo” nashri.
Turkiya o‘zida ishlab chiqarilgan 50 dona o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini yubordi.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining xalqaro aloqalar bosh boshqarmasi boshlig‘i, professor Selami Kilik ta’kidlashicha, Turkiya bunday asbob-uskunalarga bo‘lgan mamlakat ehtiyojini to‘liq ta’minlamagan bo‘lsa ham, u qardosh mamlakat sifatida, O‘zbekistonga tegishli tibbiy jihozlarni yubordi.
“Apparat prototipi Turkiyaning 4ta yirik - Arçelik, ASELSAN, Baykar Makine va Biosys kompaniyalari muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlabki 100 IVL Istanbulning Bashakshehir tumanidagi shahar kasalxonasiga o‘tkazildi", - dedi Turkiya SSV xodimi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tibbiy muassasalarda davolanish maqsadida keladigan o‘zbekistonliklar uchun o‘z chegaralarini ochgan edi.
Bemorlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: ortopediya, travmatologiya, umumiy jarrohlik, bolalar jarrohligi, urologiya, ko‘z kasalliklari, kardiologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, gematologiya, reproduktiv terapiya, organlar va suyak iligi transplantatsiyasi.