TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holat 46 taga ko‘paydi.
“2020 yil 26-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3261 (+46) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining barchasi xorijdan kelgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 44 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) mamlakatga kirib kelgan va karantinga olingan.
Qolgan 2 nafari chegara post orqali Rossiyadan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lib, 1 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 1 nafari Toshkent viloyatiga kirib kelgan.
Ayni paytda 2607 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 641 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir.