TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston yana 18 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi.
“Joriy yil 24-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3150 (+18) nafarni tashkil qilmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining 5 tasi xorijdan kelgan, yana 4 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
8 ta holat poytaxtda, 1 ta holat esa Namangan viloyatida aholi orasida aniqlangan. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.
Ayni paytda mamlakatda 2565 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda 572 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.