DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi

Ommaviy axborot vositalarida Davlat soliq qo‘mitasining ikki xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlaganligi haqida xabar tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi OAVda tarqalgan qo‘mitaning ikki xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlaganligi haqida xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3 mingdan oshdi

Qayd etilishicha, koronavirus xabarda aytilganidek, DSQ markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i va uning haydovchisida emas, balki DSQ huzuridagi Malaka oshirish markazi xodimida aniqlangan bo‘lib, markaz poytaxtning boshqa tumanida joylashgan.

“DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada bo‘lishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda”, - deyiladi xabarda.

Xabarda ta’kidlanishicha, DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.