O‘zbekiston sement importiga cheklovni bekor qildi

Hukumatning 2020-yil 23-apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may - Sputnik. O‘zbekiston sement importiga cheklovni bekor qildi. Bu haqda "Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xomashyo eksporti va sement importini vaqtinchalik cheklash to‘g‘risida"gi Hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.

Surxondaryoda qiymati 144 million dollarlik sement zavodi ishga tushdi

Hukumatning 2020-yil 23-apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, sement mahsulotini import bo‘yicha olib kirishga joriy qilingan cheklov 2020-yilning 23-mayidan boshlab bekor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvariga qadar barcha sement ishlab chiqaruvchi korxonalarga  avtomatik stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu avtomatik stansiyalar sement zavodlaridan chiqadigan zararli moddalarni tahlil qiladi.