Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida do‘l yog‘di – foto

Antiqa ko‘rinishdagi do‘l dunyoning qarama-qarshi qismida joylashgan davlatlarda yog‘di. Uning shakli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Xitoy va Meksikada koronavirus shaklida do‘l yog‘di.

Qaysi davlatlar “tojdor dushman” ustidan g‘alaba qozondi

Daily mail nashri yozishicha, Meksikaning shimolidagi Nuevo Leon shtatining hayratga tushgan aholi ijtimoiy tarmoqlarda muz bo‘laklarining suratlarini joylashtirishdi.

Suratda do‘lda COVID-19ga o‘xshash "tikanlar" borligini ko‘rish mumkin.

Ayniqsa dindor foylanuvchilar, bunday tabiiy hodisa “dunyo yaratuvchisidan kelgan xabar” bo‘lishi mumkin, deya taxmin qildilar.

Shunga o‘xshash suratlar bilan Xitoyning Sindao shahrida yashovchi Arlene Lee ham o‘rtoqlashdi.

“Kechasi Sindaoda mana shunday do‘l yog‘di!”, - deb yozdi ayol.

O‘z navbatida, Jahon meteorologiya tashkilotining meteorologi va maslahatchisi Joze Migel Vinas bu ko‘rinishdagi do‘l g‘ayrioddiy hodisa emasligini ta’kidladi.

"Bo‘ron paytida do‘l mayda sharsimon shaklda boshlanadi va ustida muz qatlami to‘planadi. Kuchli bo‘ronlar paytida, do‘l yetarlicha kattalashib, parchalanadi, ko‘plari majaqlanib, bir-birlariga qo‘shiladi va shunday muz tikanlarini hosil qilishadi" - deya tushuntirdi meteorolog.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yerga tushgan do‘l ezilgan muz disklari bo‘lib, kuchli zarba yoki turli o‘lchamdagi do‘llarning birlashtirishi natijasida yulduz shakliga olib keladi.