TOShKENT, 19-may — Sputnik. Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Almazbek Atambayevning advokati Zamir Jooshevning "siyosatchi Qo‘y-Toshda spesnaz xodimini o‘ldirmagani" to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Idora xabariga ko‘ra, shu kunlarda ayrim mediaresurslarda ""Alfa qo‘mondoni o‘rinbosari Usenbek Niyazbekovni kim o‘ldirgan? Guvohlar ko‘rsatmalari" va "Qo‘y-Toshda Atambayev hibsida ishtirok etgan "Alfa" bo‘linmasi jangchilari ko‘rsatmalari" sarlavhasi ostida maqolalar paydo bo‘lgan.
Jooshev Facebookda OAVlar Niyazbekov Atambayevga tegishli qurol - Dragunov snayper miltig‘idan halok bo‘lgani to‘g‘risida yolg‘on xabarlarni tarqatishayotgani haqida ma’lum qilgan. Huquqshunos DMXQning "Alfa" spesnaz jangchilari orasidagi jarblanganlar ko‘rsatmalari asosida prezident va uning tan soqchisi Niyazbekovning o‘limiga aybdor emasligi to‘g‘risida bayonotni chop etgan.
Bosh prokuratura spesnaz xodimlarining ko‘rsatmalari to‘liq o‘z aksini topmagani tufayli, advokatning so‘zlarini "haqiqatga mos emas va jamoatchilikni chalg‘ituvchi", deb topgan. Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatmalarga "aniqlik va to‘ldirishlar kiritilgan, natijada esa "voqeaning asl holati o‘rnatilgan". Jabrlanganlar so‘roq qilingan, hodisa yuz bergan joy ko‘zdan kechirilgan, tegrgov eksperimentlari o‘tkazilgan, ekspertizalar tayinlangan va ular o‘laroq Atambayev va uning tan soqchisi Niyazbekov o‘limi hamda boshqa ko‘plab odamlarga uyushtirilgan su’iqasdlarga aloqadorligi o‘rnatilgan.
"Niyazbekovga uning o‘limiga sabab bo‘lgan tan jarohatlar qaysi quroldan yetkazilgani aniqlangan. Ekspertiza shuni isbotladiki o‘qning kirish va chiqish (7,62 millimetr kalibrli) teshigi va Niyazbekovning kiyimi va bronejiletida qolgan, tarkibida qo‘rg‘onshin bo‘lgan o‘q qoldiqlari, spesnaz jangchisi aynan Atambayevga degishli Dragunov snayper miltig‘idan o‘qqa tutilganini bildiradi", - deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura QR Jinoyat-protsessual kodeksining 160-moddasi jinoyat ishi bo‘yicha sudgacha bo‘lgan sud jarayoni davomida olingan ma’lumotlarni oshkor etishni ta’qiqlashini ta’kidlab o‘tgan.
Ayni vaqtga qadar sud tergovi tadqiqoti predmetiga aylanmagan ushbu ma’lumotlarni tarqatgan advokat qonunni buzganligi haqida ogohlantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 7-avgust kuni kechqurun Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi spesnaz xodimlari Atambayevni o‘z qarorgohida qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishga uringan edi. Ammo shturmga siyosatchining tarafdorlari to‘sqinlik qildi. Bir nafar spesnaz xodimi halok bo‘ldi. 8 avgust kuni huquqni muhofaza qilish xodimlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, natijada Atambayev taslim bo‘ldi. Sobiq prezident spesnaz xodimining o‘limidan tashqari, tartibsizliklarni tashkillashtirishda, garov olishda va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.