TOShKENT, 18-may — Sputnik. AOKAda bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, Uchtepa tumanidagi 62-sonli oilaviy poliklinika haqiqatan karantinga yopilgan.
“Karantindagi fuqaro poliklinikaga kelgani sababli o‘sha kuni navbatchilikda bo‘lgan 11 nafar shifokor Yuqori Chirchiq tumani, O‘rtasaroy aholi yashash punktidagi karantin zonasiga yuborildi, qolganlari uy sharoitida karantinda qolgan”, - dedi u.
Ta’kidlanishicha, ularning birontasida ham koronavirus aniqlanmagan, faqatgina muloqotda bo‘lganliklari uchun 14 kun davomida karantin sharoitida tibbiy nazorat ostida bo‘lishadi.