TOShKENT, 18-may — Sputnik. Navoiyda noqonuniy simob savdosi bilan shug‘ullangan 70 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha,13 may kuni Karmana tumani “Uyrot” MFY hududida 70 yoshli buxorolik fuqaro N.K. 5 kg 300 grammni simobni 26 ming dollarga sotayotganda qo‘lga olingan.
Fuqaro ushbu jinoiy ishni o‘g‘illari N.A. va N.B.lar bilan sherikchilikda sodir etgan. Simobni N.A.ning “Jentra” avtomashinada yollanma qo‘riqchi og‘ir atletika ustasi O.R. himoyasida olib kelishga uringan.
Xolislar ishtirokida N.K.dan simob kimoviy moddasi va pullar hujjatlashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.