Rossiyada karantin choralarini yumshatish va umummamlakat dam olish kunlarining bekor qilinishi, kichik biznes tomonidan olqishlangan bo‘lsada jamiyatda ko‘pchillik tushunmagan bo‘lishi mumkin. RIA Novosti maqolasiga asosan.
Axir hozir Rossiyada kundalik aniqlanayotgan COVID-19 bemorlari soni 10 mingdan oshiq, kasallanganlar umumiy miqdori esa 220 mingdan oshib ketgan. Karantin choralari e’lon qilingan vaqtda esa – kasallanganlar soni bor-yo‘g‘i 658 kishi edi. Xo‘sh nega bunday vaziyatda karantin rejimini bekor qilish kerak? Yoki shuncha vaqtdan beri qo‘llanilgan o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi bekorga bo‘lganmi? Ushbu harakatlarda qanday mantiq bor?
Mantiq bor
Birinchidan, Rossiyada COVID-19 o‘limlari soni dunyoning o‘rtacha ko‘rsatgichidan 7,4 baravar kam. Aholining 46,5 % kornavirusni umuman sezmay (hech qanday kasallik simptomisiz) yengishi mumkinligi aniqlangan.
Faqat yoshi keksa, nafas olish yo‘llari kasallan, gipertoniya va ortiqcha vaznga ega fuqarolarda ushbu kasallik og‘ir kechishi aniqlangan.
Tezkor tartibda shifoxonalarda statsionar yotoq o‘rinlari soni 38,6 %ga oshirilgan va ayni damda ulardan 41 %i - bo‘sh.
COVID-19ni tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan testlar soni sutkasiga 170 mingdan oshdi. Yaqin orada ularning soni 300 mingga yetkaziladi.
Xulosa shuki – ayni damda Rossiya hukumati ushbu yangi kasallikning xususiyatlarini o‘rganib chiqib unga qarshi kurashga tayyor bo‘ldi. Jumladan kasallik olib kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga qarshi operativ kurash choralari tayyorlandi.
Hozir Rossiya, mart oxiridan farqli ravishda, COVID-19 ga qarshi samarali kurashga tayyor.
Mart oxirida
Mart oxirida, kasallar soni kam bo‘lsada vaziyat haqiqatda qanday ekanligi mutlaq noma’lum edi. Epidemiya boshlang‘ich bosqichda, hatto yetarli ravishda diagnostka vositalari ham yo‘q edi.
Lekin shu bilan bir vaqtda COVID-19 oldinroq kelgan boshqa davlatlarda minglab vafot etayotgan fuqarolar, kasalxonalarda o‘rin yetishmasligi, tibbiy niqoblar va himoya vositalari tanqisligi kuzatilayotgan edi.
Shu bilan birga, mart oxirida koronavirus ayrim davlatlarda o‘ta og‘ir kechgan bo‘lsa, boshqa hududlarda ancha yengil kechgan edi. Lekin hech kim buni tushuntirib bera olmayotgan edi. Ushbu muammo haligacha epidemiolog olimlar tomonidan o‘rganilmoqda. Rossiyada ham ushbu kasallik qanday kechishini va Moskva ham Nyu-York kabi ulkan talofat ko‘rmasligiga hech kim kafolat bera olmas edi.
Aynan shu sababli Rossiyada qattiqqo‘l choralar joriy etishga va epidemiyani imkon qadar to‘xtatishga va kasallik xususiyatlarini yaxshiroq tushunish, turli ssenariylarga ham tayyor bo‘lish uchun vaqtdan yutish maqsadida qattiqqo‘l choralar qabul qilingan edi.
O‘tgan davr mobaynida ushbu choralarning barchasi qabul qilindi. Qo‘shimcha tibbiy quvvatlar ishga tushirildi. Butun mamlakat bo‘ylab ishga tushirilgan keng ko‘lamli test tizimlari har bir hudud doirasida operativ harakatlar bajariash imkonini beradi.
Odamlarmi yo samaradorlik?
O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish choralari tufayli yutilgan vaqt tufayli COVID-19 Rossiya sharoitida o‘zini qanday tutishi ham har tomonlama o‘rganildi. Aniqlanishicha, Rossiyada COVID-19 keng tarqalishiga bir necha faktorlar qarshilik qilishi mumkin ekan. Bular: aholi zichligining pastligi, turistik sayohatlar kamligi, ommaviy BSJ vaksinatsiya va boshqa omillar.
Rossiyada keskin choralar cheklov kiritilmasa ham kasallik kechishi Yevropaga qaraganda yengilroq bo‘lardi va boshqa gaplar...
Shu o‘rinda skeptiklar ovozi balandroq eshitila boshlaydi. O‘zi shu ncha karantin va cheklovlarni kiritish kerakmidi? Axir iqtisod o‘ldirildi-ku, biznes qancha zarar ko‘rdi, degan savollar eshitila boshlaydi.
Keskin chorlar haqidagi qaror bir yarim oy avval, vaziyat mutlaq noma’lum bo‘lgan sharoitida, tarozining bir pallasida iqtisod ikkinchi pallasida esa – odamlar hayoti turgan sharoitda qaror qabul qilingan edi. Ana shunday muhim tanlovda Rossiya hukumati odamlar hayotini tanladi.
Qizig‘i shundaki, aynan ana shu “COVID-19”ni yanada “samaraliroq”, ya’ni tarozining iqtisod pallasiga foydasiga ma’qul uslublar bilan yengsa bo‘lar edi degan gaplarni gapirayotgan kishilar, oldinlari tez-tez Rossiyani doim odamlarga shafqatsizlikda ayblab kelishgan edi.