Ertadan Rossiyada dam olish kunlari tugatildi - Putin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVozdushniy parad Pobedi v Moskve
Vozdushniy parad Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibi 65 yoshdan katta bo‘lgan va surunkali kasalliklarga ega odamlar uchun saqlanib qolinadi.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 12-may sanasidan dam olish kunlari tugatilganini ma’lum qildi.

Brigada skoroy meditsinskoy pomoshi dostavila patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada COVID-19dan o‘lim holatlari boshqa davlatlarga qaraganda 7,4 baravar past

"Ertadan, 12-maydan butun mamlakat va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun dam olish kunlari yakunlanadi. Ammo pandemiyaga qarshi urush tugamaydi. Koronavirus xavfi hatto holat nisbatan ko‘ngildagidek bo‘lgan hududlarda ham saqlanib qolmoqda", - dedi Putin.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatishga imkon beradi. Ammo yakuniy qaror baribir regionlarning o‘ziga havola.

Rossiya yetakchisi koronavirus epidemiyasidan chiqish qisqa fursatda amalga oshmasligini, barcha sanitar talablarni saqlab qolish muhimligini tushuntirdi. Ommaviy tadbirlarga avvalgi kabi ruxsat yo‘q.

O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibi 65 yoshdan katta bo‘lgan va surunkali kasalliklarga ega odamlar uchun saqlanib qolinadi.

Yangiliklar lentasi
0