Rossiya TIV Oq uyning natsizm g‘oliblari haqida aytilgan gapiga e’tiroz bildirdi

Bunday pozitsiya sovet va amerika askarlarining 1945-yilda Elbada uchrashuvi sanasini nishonlash vaqtida qabul qilingan qo‘shma bayonotga ziddir, deb hisoblaydi Rossiya TIV
Sputnik

TOShKENT, 10-may — Sputnik. G‘alabaning 75-yilligi bayram qilinayotgan vaqtda AQShning Ikkinchi jahon urushi yakunlarini o‘zgartirishga urinishi o‘ta nafratlanarli holdir, deya bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vazirligi.

RF ShHT davlatlariga natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba maqomi to‘g‘risida taklif kiritmoqchi

Idora vakillari ta’kidiga ko‘ra, ular amerika tomoni bilan bu borada jiddiy muloqot o‘tkazishni rejalashtirishmoqda.

Rossiya diplomatlari so‘zlariga ko‘ra, faqat Buyuk Britaniya va AQSh nomini natsizm g‘oliblari sifatida tilga olgan Oq uyda fashist Germaniyasini tor-mor qilishda Sovet ittifoqining inkor etib bo‘lmas roli va ulkan yo‘qotishlarga duch kelgan Qizil armiyani eslatib o‘tish uchun "jasorat va xohish" topilmagan.

Qo‘shma Shtatlar rasmiy vakillarining bu boradagi so‘zlari ham "o‘ta qurumsoqlik" bilan aytilgan, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya TIV. Bunday pozitsiya sovet va amerika askarlarining 1945-yilda Elbada uchrashuvi sanasini nishonlash vaqtida qabul qilingan qo‘shma bayonotga ziddir. Hujjatda ikki davlat yetakchilari Moskva va Vashingtonning dushmanni mag‘lub etishga qaratilgan umumiy urinishlarini qayd etib o‘tganlar.

Rossiya TIV fikricha, tarixning bunday sahifalarini inkor etib bo‘lmaydi. Idora, shuningdek, Oq uyning instagramda e’lon qilingan posti ostida butun dunyodan bo‘lgan foydalanuvchilar qoldirgan e’tirozli izohlarga e’tibor qaratganlar.

G‘arb OAVlari G‘alaba haqida 75-yil oldin va bugun qanday yozmoqda?

"E’tiborga molik tomoni, ularning to‘g‘ri va tarixiy faktlarga asoslangan izohlari o‘chirilib borilmoqda" - deyiladi xabarda.

O‘z navbatida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Donald Tramp administratsiyasi tomonidan aytilgan bunday gaplarga chidab bo‘lmasligini ta’kidladi.

Qo‘shma Shtatlar o‘zlarini bir necha marotaba "ozod dunyo yetakchisi" deb atagan va feyklarga qarshi kurashgan, ammo endilikda sog‘lom idrok ustidan kulib, tarixning soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘yishmoqda.

Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Oq uy tomonidan e’lon qilingan postga izoh berar ekan, hatto "kimda-kim tarix saboqlarini qayta ko‘rib chiqishni istasada" Rossiya SSSRning Ikkinchi jahon urushidagi roli haqida unutib qo‘yishlariga yo‘l qo‘yib bermasligini ma’lum qildi.

Antonov Qo‘shma Shtatlarning dezinformatsiyaga yo‘g‘rilgan kampaniyasini noma’qul va tahqirlovchi, deb atadi.

Putin MDH davlati yetakchilariga Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr sirini ochdi

"Men o‘ylaymanki, biz sukut saqlab turishimiz nojoiz. Biz bu haqda gapirishimiz kerak, ammo hotirjam, dalillar yordamida oddiy amerikalik, Yevropadagi oddiy odamlarga aynan sovet askari Yevropani ozod etgani, sovet askari Yevropa va Sovet ittifoqining mustaqilligining himoya qilganini yetkazishimiz kerak", - deb xotima qildi diplomat.

Oq uy e’lon qilgan post

Kuni kecha amerika yetakchisining akkauntida video ommaga e’lon qilindi. Videoda Ikkinchi jahon urushi davrida natsizm ustidan faqatgina AQSh va Britaniya g‘alaba qozongani aytilgan edi.

Shu bilan birga Sovet ittifoqining fashistlarni tor-mor etishdagi roli umuman yodga olinmagandi.

Ushbu post nafaqat rossiyaliklar, balki chet davlat fuqarolarining ham keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ular Oq uyning posti tagida sovet jangchilari Reyxstag ustida G‘alaba Bayrog‘ini o‘rnatayotgani aks etgan fotosuratlarni qoldira boshladilar.