O‘zbekistonda koronavirus: 8-may asosiy xabarlari

Respublikada koronavirusdan tuzalish bo‘yicha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi, tuzalganlar soni —1775 nafarga yetdi, bu umumiy bemorlar sonidan 76 foizni tashkil qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2324 nafarni tashkil qilmoqda.

Virusolog “korona” infeksiyasining jaziramada tarqalishi xavfini baholadi

Bugundan boshlab O‘zbekistonda karantin cheklovlari yengillashtirildi, "qizil", "sariq", "yashil" darajalar bilan chegaralanadigan rejim joriy qilindi.

Cheklov choralari hududlaridagi epidemiologik vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.

Tuzalish dinamikasi

O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni —1775 nafarga yetdi.

Bugunning o‘zida Toshkent shahar (31), Sirdaryo (8), Namangan (22), Andijon (2), Buxoro (32), Xorazm (1), Samarqand (17), Surxondaryo (6) viloyatlarida jami 119 nafar bemor tuzaldi. 539 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og‘ir. 42 mingga yaqin fuqaro karantinda bo‘lib turibdi.

Tojikistonga yordam

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish maqsadida katta tajriba va malakaga ega 8 nafar o‘zbekistonlik virusolog va epidemiolog shifokor Tojikistonga uchib ketdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Dushanbega insonparvarlik yordami sifatida 144 dona ko‘chma tibbiy konteyner yetkazib berildi.

9 may haqida

Hududlarda "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qat’i nazar, barcha hududlarda 9-may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarning holidan xabar olish taqiqlanadi.

Koronavirus +30 °S issiqda infeksion faolligini yo‘qotadi - Rospotrebnadzor

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Dunyo bo‘ylab tarqalishi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha mamlakatlarga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,6 milliondan ziyod kishi yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, 254 ming kishi vafot etdi.

AQShning Jons Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 270 mingdan oshdi.