Rossiyalik harbiylarga xizmat vaqtida gadjet olib yurish taqiqlandi

Intizom nizomiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiylarga o‘zining xizmati haqida batafsil OAV va ijtimoiy tarmoqda gapirish va jangovar harakatlar, o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida o‘zi bilan telefon olib yurish taqiqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Qurolli kuchlarining Intizom nizomiga o‘zgartirish kiritdi.

Rossiyada yangi "ASPID" to‘pponcha sinovdan o‘tkazildi

Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy tomonidan jurnalistlarga o‘zining harbiy xizmati haqida ma’lumot taqdim etishi taqiqlanadi va bu qo‘pol intizomiy xatti-harakat sanaladi.

Bundan tashqari, jangovar harakatlar, naradda bo‘lish, mashg‘ulotlarda ishtirok etish vaqtida ma’lumotni saqlovchi va uzatuvchi telefon va boshqa gadjetlarni olib yurish nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi.