Karantindan so‘ng sobiq Ittifoq mamlakatlari qanday jonlanmoqda – video

Bosqichma-bosqich qator davlatlar koronavirus pandemiyasi sabab kiritilgan cheklovlarni olib tashlamoqda. Ko‘rinmas yov ustidan to‘liq g‘alaba qozonildi, deyishga hali erta, biroq oldinga hayot tarziga qaytish sari ilk qadam qo‘yilgan.
Sputnik

O‘zbekistonda karantin choralari yumshatilmoqda. Hozirda faoliyati tiklangan sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalariga qo‘shimcha ravishda xizmat ko‘rsatish subyektlari ham bosqichma-bosqich ishga tushirilishi belgilandi.  

Jumladan, epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berish kerakligi qayd etildi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Namangan va Samarqand yuqori xavfli hududga kiritildi

Lekin, koronavirus to‘la bartaraf bo‘lmagani sababli, odamlar ko‘p to‘planadigan obyektlar, jumladan, teatr, konsert va sport zallari, to‘yxonalar, jamoat transporti bo‘yicha cheklovlar ma’lum muddatgacha saqlanib qoladi.

Respublika komissiyasiga xizmat ko‘rsatish turlarini qaysi hududlarda va qanday shartlar asosida yo‘lga qo‘yishni belgilash topshirilgan.

Shuningdek, karantin choralari yengillashtiriladigan hududlar alohida belgilanadi. Tumanlar  va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.