Mangu hayot sirlari. Choyni nima shunchalik foydali qiladi?

Bugungi kunda choy suvdan keyin dunyodagi eng mashhur ichimlik. Miloddan avvalgi II asrga kelib esa choy ichish odati O‘rta Osiyoga ham tarqalgan. Xo‘sh, biz u haqida nimalarni bilamiz?
Sputnik

TOShKENT, 5-may - Sputnik, Vladislav Strekopitov. Xitoy va boshqa Sharq mamlakatlarida choy shifobaxsh ichimlik deb hisoblanadi. Uni avvalambor faollikni saqlash, kayfiyatni yaxshilash va barcha kasalliklarga, jumladan saraton kasalligiga qarshi profilaktika maqsadida ichishadi. Bunga sabablar, jumladan, ilmiy sabablar ham.

Yo‘qotilgan ajdodlar

Bugungi kunda choy suvdan keyin dunyodagi eng mashhur ichimlik. U Xitoyda dori-darmon va rivojlantiruvchi vosita sifatida 3500–4000 yil oldin ishlatila boshlangan deb taxmin qilinadi, miloddan avvalgi II asrga kelib esa choy ichish odati O‘rta Osiyoga ham tarqaldi. Ipak va chinni bilan bir qatorda choy Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab olib o‘tiladigan asosiy tovarlardan biri bo‘lgan.

Olimlar ko‘k choyning yana bir foydali xususiyatini aniqlashdi

Har qanday choy - qora, ko‘k, oq, sariq, ulun yoki puer - Camellia sinensis o‘simligining quritilgan barglaridan tayyorlanadi. Choy paydo bo‘lishining siri shundaki, Camellia sinensis turining barcha mashhur vakillari madaniydir. Tabiatda uning yovvoyi muqobillari topilmadi.

O‘simlik nomining ikkinchi qismi "xitoycha" deb tarjima qilinadi. Shunga qaramay, olimlar choy daraxtining uch xil genetik yo‘nalishlarini yoki navlarini ajratib ko‘rsatishadi: Xitoy - Janubiy Xitoydan va ikkitasi hind - Xitoyning Yunnan provinsiyasi va Hindistonning Assam mintaqasidan.

Choy nimadan iborat

Choy ichimligi yoqimli ta’mi va aromati bilan bir qatorda choy barglarida hosil bo‘ladigan ikkilamchi metabolitlarning biologik ta’siriga asoslangan ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega. Ushbu kimoviy moddalar o‘simlikning omon qolishiga yordam beradi va ma’lum bo‘lishicha, ba’zilari odamlar uchun juda foydali. Avvalo, kofein, katexinlar va L - teanin.

Kofeinning ta’siri yaxshi ma’lum. Bu kuchli psixostimulyator bo‘lib, u bosh og‘rig‘ini yengillashtirish, aqliy va jismoniy ko‘rsatkichlarni oshirish, uyquchanlik va tushkunlikni yo‘q qilish, nafas olish va yurak faoliyatini rag‘batlantirish uchun ishlatiladi. Kofein asosan ko‘p miqdorda qora choyda, ulun choyida va oz miqdorda yashil va oq choyda.

Katexinlar - bu polifenol birikmalar, o‘simliklarga oksidlanish stressini yengishga yordam beradigan kuchli antioksidantlardir va inson tanasida ular hujayralarni vayron qilishga qodir bo‘lgan erkin radikallarni zararsizlantiradilar. Yashil va oq choyda qora choyga qaraganda katexinlar ko‘proq mavjud bo‘lib, ular ichimlikka achchiq ta’m beradilar.

Choy tarkibida to‘rt xil katexin mavjud bo‘lib, ulardan eng kuchlisi epigallokatexin gallatidir (EGCG). Bir chashka yashil choyda kofeinga qaraganda ko‘proq miqdorda.

Choyning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

L- teanin tabiiy aminokislotadan bo‘lib, molekulyar tuzilishida glutaminga o‘xshaydi. Ushbu modda tinchlantiruvchi ta’sirga ega, miya faoliyatini faollashtiradi, kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi, ruhiy tushkunlikni yengillashtiradi, kayfiyatni yaxshilaydi. Ayniqsa L- teanin kofein bilan birgalikda samaralidir.

"L- teanin" deb nomlangan yashil choy ekstrakti bozorda stressni yengillashtiradigan, xotira va o‘rganuvchanlikni yaxshilaydigan ozuqaviy qo‘shimcha sifatida taklif etiladi. Ammo tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, teanin qora choy tarkibida yashil choyga qaraganda ko‘proq. Va maksimal miqdor esa, paketchali choyda ekan.

Yashil choy saraton kasalligidan himoya qila oladimi?

Yashil choy boy bo‘lgan epigallokatexin gallati antikanserogen xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu apoptozga olib keladi - qo‘shni sog‘lom to‘qimalarni saqlab, o‘simta hujayralarining o‘z-o‘zini yo‘q qilishi. Olimlar ushbu birikma saraton hujayralari apoptozga qarshi turish uchun biomolekulalarni parchalashda foydalanadigan "proteasoma" deb nomlanadigan ferment kompleksini bostirishini aniqladilar.

EGCG va boshqa choy katexinlari shuningdek toksik AFK molekulalari - saraton hujayralarining o‘sishiga hissa qo‘shadigan reaktiv kislorod turlarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, u o‘simtani kislorod va ozuqa moddalari bilan ta’minlaydigan qon tomirlari shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yashil choy ekstrakti saratonni oldini olish uchun juda samarali va o‘smalar o‘sishini muvaffaqiyatli to‘xtatadi. Ammo bunday eksperimentlarda kaxetinlarning dozasi juda yuqori va inson jigariga xavfli bo‘lishi mumkin. Bunga parhezni katexinlar bilan vazn yo‘qotish uchun suiste’mol qilganlar duch kelishdi.

Garchi hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar natijalari odamlarda juda ehtiyotkorlik bilan tadbiq etilishi kerak bo‘lsa-da, ilmiy jurnallarda yashil choy yoki uning ba’zi kimoviy tarkibiy qismlari saraton kasalligidan himoya qilishi mumkinligi to‘g‘risida muntazam ravishda maqolalar nashr etilmoqda. Shunday qilib, 1990-yildan 2006-yilgacha 164 mingdan ortiq xitoyliklarning sog‘lig‘i holatini kuzatgan 2016-yilda o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yashil choyni muntazam iste’mol qilish saraton kasalligidan o‘lim xavfini 8-21 foizga kamaytiradi.

Gollandiyada o‘tkazilgan guruhli tadqiqotda 120 ming odamning sog‘lig‘idagi uzoq muddatli o‘zgarishlarni tahlil qilgan olimlar choy ichish saraton, yurak-qon tomir kasalliklari va umuman o‘lim sonini kamaytirishini aniqladilar.

Boshqa tadqiqotlarda tibbiyotchi-olimlari kolorektal saraton, prostata, ko‘krak va teri saratoni bilan og‘rigan bemorlarda tarkibida katexin bor yashil choy ekstrakti solingan kapsulalarni qabul qilishda o‘smalarning rivojlanishining sekinlashishini va bunday ekstraktni qabul qilgan odamlarda saratonoldi shikastlanishning kamayishi platsebo-guruhlar bilan solishtirganda pasayishini qayd etdilar.

Choy asablarga qanday ta’sir qiladi

Rossiyada sotilayotgan choylar yoppasiga tekshiruvdan o‘tkazildi

Choyning miya va asab tizimiga ta’siri asosan L- teanin, aniqrog‘i, undan organizmda hosil bo‘lgan ikkita neyromediator - gamma-aminomaslyan kislota (GAMK) va glutamin kislota yoki glutamat bilan bog‘liq. Ularning asab tizimiga teskari ta’siri tufayli GAMK ba’zan "tormozlovchi kislota", glutamat esa "qo‘zg‘atuvchi" deb nomlanadi.

Ushbu ikki moddaning birlashuvi choyga chinakam o‘ziga xos xususiyatlarni beradi - ichimlik bir vaqtning o‘zida tinchlantiradi va quvvat beradi, stress omillariga sezuvchanlikni pasaytiradi, uyquchanlikka olib kelmasdan, aksincha e’tiborni yaxshilaydi. Shu bilan birga, ikkala birikma ham neyrobiologik jarayonlarni qo‘zg‘atadi va bu jarayonlar, natijada, dopamin - "mukofot gormoni" va serotonin - "yaxshi kayfiyat va baxt gormoni"ni ishlab chiqarilishi bilan yakunlanadi.

O‘tgan yili yapon neyrobiologlari sog‘lom yoshi kattalarda L-teaninning kognitiv funksiyaga va stressga chidamliligiga ta’sirini o‘rganishgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, to‘rt hafta davomida kuniga sakkiz stakan yashil choyga to‘g‘ri keladigan 200 milligramm L-teaninni qabul qilinganidan so‘ng, sinov o‘tkazilayotganlarda stress va ruhiy tushkunlik darajasini pasaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonch oshdi. Odamlar diqqat va reaksiya tezligini tekshirishning barcha sinovlarida platsebo-guruhiga nisbatan yaxshiroq natijalarni ko‘rsatdilar.

Uyqusizlik va demensiyaga qarshi kurash

L-teanin uyqusizlikni yengishga yordam berishi, uyqu sifatini yaxshilashi, tinchlantiruvchi vazifasini bajarishi, shu bilan birga bezovtalikni kamaytirishi va bo‘shashishga yordam beradi.

Xitoy olimlari isbotladilarki, ko‘k choyni uzoq vaqt iste’mol qilish qarilikda demensiya va Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi. Hayoti davomida kuniga kamida bir piyoladan ichganlar, choyni umuman ichmaganlarga qaraganda 55 yoshga kelib ma’lumotni eslab qolishi va qayta ishlashi yaxshiroq kechadi.

Aynan L-teanin kayfiyat va miya faoliyatini yaxshilashda asosiy rol o‘ynaydi. U gematoensefalik to‘sg‘ini oson yengadi va miyaning to‘lqin faolligiga bevosita ta’sir qiladi, bunga esa tabiiy nootrop dorilarning juda oz qismi qodir. Biroq, olimlar uning ta’siri choyning boshqa muhim tarkibiy qismlari - kofein va katexinlar bilan birgalikda kuchaytirilishini aniqladilar. Demak, tabiat allaqachon biz uchun optimal ichimlik yaratgan.

Kim uzoqroq umr ko‘radi

Ilmiy jurnallardagi ko‘plab nashrlarga ko‘ra, kanserogen va psixotrop xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda choy boshqa foydali fazilatlarga ham ega. U insult va o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi, qon bosimining keskin ko‘tarilishlari bilan kurashishga yordam beradi, diabetga qarshi kurashish uchun hujayra mexanizmlarini ishga tushirib qondagi shakar darajasini pasaytiradi, umrni uzaytiradi.

Choy ichish kimlarga zararli bo‘lishi mumkin? - shifokor tavsiyalari

Yaqinda Xitoy Tibbiyot fanlari akademiyasi mamlakat aholisi o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini baholashga qaratilgan China-PAR loyihasining natijalarini e’lon qildi. Boshqa omillar qatorida olimlar choyning inson salomatligiga ta’sirini tahlil qilishdi.

Ko‘p yillar davomida bu odatni qo‘llab kelgan choy ichishning doimiy tarafdorlari yurak-qon tomir kasalliklari va insultni olish xavfi 39 foizga kamroq, o‘limga olib keladigan yurak xastaliklarini orttirish esa 56 foizga kamroq. Va har qanday sababdan o‘lim xavfi - bunday tibbiy atama mavjud - choyni doim ichmagan yoki umuman ichmaganlarga qaraganda 29 foizga past bo‘lgan.

Manba: RIA Novosti.