Shifobaxsh qon: ekspert COVID-19dan davolashning yangi uslubi mohiyati haqida so‘zlab berdi

Koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekiston olim va shifokorlari ham o‘z ishlanmalari bilan hissa qo‘shish maqsadida katta ishlarga qo‘l urgan.
Sputnik

Sputnik O‘zbekiston muxbiri mamlakatning yetakchi mutaxassislaridan biri, COVID-19 ga qarshi vositalarni ishlab chiqish sohasida mas’ul etib tayinlangan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi direktori Habibulla Oqilov bilan mamlakatda bu borada qanday ish olib borilayotgani va o‘zbek olimlarining ishlanmalari dunyo tinchligi va farovonligiga taxdid solayotgan COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashda qanday hissa qo‘shishi haqida suhbat suhbatlashdi.

- Koronavirus pandemiyasi (COVID-19) yuzlab mamlakatlarga tarqaldi, minglab qurbonlar mavjud. Habibulla Ataullayevich, aytingchi, Toshkentda ishlar qanday? Poytaxt shifoxonalarida qanday choralar ko‘rildi?

- O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar keltiriladigan bir qator tibbiyot muassalari bor, asosan bu viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonalari yoki markazlari. Toshkentda fuqarolarni Tibbiyot akademiyasi, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikalariga olib kelishadi.

Toshkent London bilan COVID-19ni tuzalganlar qoni bilan davolashdagi tadqiqoti bilan bo‘lishdi

Bemorlarni kasalxonaga yotqizish va ularning nazorati bo‘yicha barcha choralar “Tibbiy va karantin muassasalarida koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston davlat bosh sanitar shifokorining 9-apreldagi 7-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

- Biz bilamizki, o‘zbekistonlik shifokorlar Buyuk Britaniyalik hamkasblari bilan qon zardobini qo‘llash tajribasidagi o‘z ishlanmalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu amaliyot o‘zi nima?

- Darhaqiqat, o‘zbekistonlik mutaxassislar nafaqat Buyuk Britaniyadagi hamkasblari bilan, balki Koreya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Isroil kabi boshqa yetakchi davlatlar mutaxassislari bilan ham ma’lumot va tajriba almashmoqdalar. To‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, rekonvalessent qon plazmasini klinik foydalanilishiga ko‘rsatmalar quydagicha:

  • og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi, nafas olish yo‘llaridan olingan suyuqlik namunalarining natijasi ijobiy bo‘lgan COVID-19ga chalingan bemorlar;
  • COVID-19ning yengil shaklini kechirayotgan, immuniteti pasaygan holatdagilar yoki MANK tahlilida Ct-ko‘rsatkichi past, ammo o‘pkasining progressiv shikastlanishi faol bo‘lgan bemorlar.

Shu bilan birga, kasallikning davomiyligi uch haftadan oshgan COVID-19 bo‘lgan bemorlarni davolashda qonning rekonvalessent plazmasidan foydalanilmaslik kerak. Ammo klinik foydalanish paytida xitoylik mutaxassislar uch haftadan ko‘proq vaqt davomida kasal bo‘lgan, nafas yo‘llaridan olingan suyuqlik namunalarini o‘rganish ijobiy natija berayotgan bemorlarni davolashda rekonvalessent plazma terapiyasi samarali ekanligini aniqladilar. Ushbu terapiya virusni yo‘q qilishni tezlashtirishi, qon plazmasidagi limfotsitlar va NK-hujayralari (tabiiy qotillar) sonini ko‘paytirishi, qon plazmasidagi sut kislotasi miqdorini kamaytirishi va buyrak faoliyatini yaxshilashi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

  • Plazmaga allergiya, anamnezdagi natriy sitrati va metilen ko‘ki.
  • Autoimmun kasalligi bo‘lgan yoki A (IgA) immunoglobulini tanlanma tanqisligi bilan og‘rigan bemorlar uchun anamnezda rekonvalessent plazmasidan foydalanishning mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirini sinchkov baholash zarur.

- Koronavirusdan davolangan har qanday kishi ham donor bo‘lishi mumkinmi? Koronavirus antitelalari bemorlarning qonida qancha vaqt saqlanishi mumkin?

- Har qanday rekonvalessent ham plazma donori bo‘la olmaydi: zardob samarali bo‘lishi uchun serokonversiya darajasi yetarli bo‘lishi kerak; potensial donor qon namunalarini olish davrida sog‘lom bo‘lishi kerak (qon kasalliklari, surunkali kasalliklarning mavjudligi - gepatit, OIV va boshqalar yo‘qligi, COVID-19 testlarining manfiy natijalari). Plazma, shuningdek, guruh va rezusning moslik omillariga ham mos kelishi kerak.

Moskvada uch bemor COVID-19dan donor qoni quyilgandan so‘ng tuzalib ketdi

- Qancha miqdordagi doza eng maqbul?

- Infuzion quyishning umumiy rejasi, rekonvalessent plazmaning dozasi – bir marotabalik quyish uchun 400 ml dan yoki ko‘p marotabalik quyishning bitta muolajasida 200 ml dan.

- O‘zbek shifokorlari shuning asosida klinik tadqiqotlarni o‘tkazadimi?

- Ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish inkor qilinmaydi. Yangi koronavirus infeksiyasiga oid barcha savollar, tabiiy ravishda, ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylanadi, shu jumladan rekonvalessent plazmasidan foydalanish masalasi ham.

- O‘zimizni koronavirusdan himoya qilishimiz mumkinmi?

- Epidemiyaga qarshi tadbirlarga rioya qilish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, niqob taqish, qo‘l gigiyenasi, ijtimoiy masofalanish va boshqalar eng samarali hisoblanadi.

COVID-19 bilan kasallanganlar bilan ishlaydigan shaxslarga gidroksixloroxin profilaktika kurslarini 6-7 kun davomida kuniga 200 mldan parallel gepatoproteksiya bilan tavsiya etish mumkin.