Barreliga 1000 dollardan: Amerika rejasi neft bozorini larzaga solmoqda

AQSh OPEK+ shartnomasiga rasman qo‘shilmagan bo‘lsada, slanes nefti ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Texas shatati keyinchalik unga qo‘shilishi mumkin.
Sputnik

AQSh, hech bo‘lmaganda rasmiy darajada, OPEK+ bitimida ishtirok etmadi, unda Rossiya va boshqa neft eksport qiluvchi davlatlar qatnashmoqda, ammo norasmiy darajada bu bitimga Amerika slanes neftining katta qismi ishlab chiqariladigan Texas shtati kirishi mumkin, deb yozadi RIA Novosti.

Mutaxassis: neft narxi uzoq vaqt davomida pastligicha qoladi

"Slanes inqilobi" markazidagi neft kompaniyalarini ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur qilish haqidagi taqdiriy qaror 5-may kuni qabul qilinishi mumkin va Texas davlat neft sohasini tartibga solish bo‘yicha agentligi farmoyishi loyihasi hech qanday imtiyozlarni nazarda tutmaydi. Rasmiylarning ixtiyorida faqat har bir "qo‘shimcha" bochka uchun jarimani to‘lash taklifi ko‘rinishidagi kattagina qamchi bor, va odatdagi slanes qazib oluvchilar bu zararli bo‘lib bo‘lgan biznes uchun qo‘shimcha xarajat deb hisoblamasligi uchun jarimani barreli uchun 1000 dollar miqdorida belgilash taklif etilmoqda, bu esa o‘zini eng erkin his qiluvchi neft ishlab chiqaruvchilarning shijoatini sovutishi kerak.

Texasning asosiy ommaviy axborot vositasi bo‘lgan Houston Chronicle qisqartirish rejasi tafsilotlari va uning qabul qilinishi atrofida qanday janglar olib borilishi haqida xabar beradi:

"Neft va gaz sanoatini tartibga soluvchi Texas temir yo‘llari komissiyasi ushbu neft ishlab chiqarishni oyiga 20 foizga kamaytirish imkonini beruvchi taklif ommaviy muhokamasini ochdi. <...> Taklif etilgan buyruq matni komissiya ushbu rejaga ovoz berishi kerak bo‘lgan yig‘ilishdan oldin e’lon qilindi. (Yig‘ilish 5-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi). Komissiya ishlab chiqarishni qisqartirish to‘g‘risida buyruqlarni 1970-yillardan beri chiqarmagan, ammo koronavirus pandemiyasi natijasida kelib chiqqan xom neftning global miqyosda haddan ziyod ortib ketishi (slanes neft kompaniyalari – tahr.) Pioneer Natural Resources va Parsley Energy kompaniyalarini agentlikdan ushbu huquqdan foydalanishni so‘rashga undadi. Bu iltimos neft va gaz sanoatida parchalanishga olib keldi: kichik ishlab chiqaruvchilar va ekologlar koalitsiyasi ishlab chiqarishni qisqartirish tarafdori bo‘lib chiqmoqda, tarmoq savdo uyushmalari, yirik kompaniyalar va quvurlar operatorlari esa qat’iyan qarshi chiqishmoqda".

Ruslar neft urushida g‘alaba qozonmoqda, shekilli

20 foizga qisqartirish – bu Texas shtati yoki umuman AQSh OPEK+ bilan bitim tuzgan taqdirda qisqartirilishi kerak bo‘lgan miqdorga to‘g‘ri keladi. Va bu raqam tasodifan tanlangan bo‘lishi dargumon. Bunday qarorni qabul qilish uchun muayan siyosiy talab mavjudligiga shubha qilish mumkin, ammo bu uning qabul qilinishiga kafolat bermaydi.

AQShda endilikda "bozor hal qiladi" modeli ishlamoqda, bu aslida West Texas Intermediate (WTI) Amerika neftining so‘nggi narxlarining salbiy qiymatlarga tushib ketishi kabi hodisalarga olib keldi, ammo bu model hammani ham qoniqtirmayapti. Kichik neft ishlab chiqaruvchilar (Texasda 20 kishi ishlaydigan va kuniga 1000 barreldan kam ishlab chiqaradigan kompaniyalar anchagina) ishlab chiqarishni kamaytirish istagida. Texas regulyatorlari loyihasiga ko‘ra, "kichik neft biznesi" kvotalardan ozod qilinadi, barcha qisqartirish esa yirik va o‘rta kompaniyalarga to‘g‘ri keladi. Amaldorlarni jalb qilgan holda majburiy kamaytirish g‘oyasi tashabbuskorlari bo‘lgan Pioneer Natural Resources va Parsley Energy yirik slanes ishlab chiqaruvchilaridir, ammo ular konvensional (an’anaviy) neft sanoatining gigantlaridan, masalan, Exxon yoki Chevron kompaniyalaridan ancha kichikroqdir. Ishlab chiqarishni qisqartirish tashabbusi bilan chiqqan kompaniyalar ishlab chiqarishning pasayishi ularga yuqori narxlargacha omon qolishga umid qilishmoqda,ammo slanes sektoridagi moliyaviy jihatdan zaif raqobatchilari esa har qanday holatda ham bankrot bo‘lishi muqarrar.

Amerikalik jurnalistlar adolatli izohlashicha, an’anaviy neft qazib olish gigantlari qisqartirishga qarshi, ammo qisqa muddatli istiqbolda jiddiy moliyaviy foyda olishlari mumkin. Ushbu pozitsiyaning bitta ehtimoliy va mantiqiy izohi bor: ular avvalo barcha slanes kompaniyalarining o‘limini ko‘rishni istaydi, ya’ni koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan foydalanib, ularni alohida sinf sifatida yo‘q qilishni istaydilar va buning uchun ular bir necha oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida o‘ta past narxlarga bardosh berishga tayyor. Albatta, rasmiy darajada ular erkin bozor haqida qayg‘urishayotganini gapirishadi, ammo yillar davomida slanes ishlab chiqaruvchilarining havaskorlik faoliyatidan aziyat chekkan Amerika neft sanoatining "qadimgi" segmenti kapitanlarining idealistik kayfiyatiga ishonish uchun juda sodda bo‘lish kerak.

“Suvtekin”: neft narxi nol darajadan pastga tushdi

Bloomberg Ishbilarmonlik axboroti Agentligi ushbu vaziyatning oxiri baribir qayg‘uli bo‘lishiga ishora qilmoqda: "Neftning salbiy narxlari, hech kim qabul qilishni istamaydigan yuklar bilan ortilgan, dengizlarni aylanib yuragan tankerlar va boshqa yana qayerda neftni saqlasa bo‘ladi degan savolga ijobiy yondoshuv bildirayotgan neft sotuvchilari. Endi neft inqirozining navbatdagi bobi muqarrar: neft sanoatining muhim qismlari yopilishni boshlaydi".

Saudiya Arabistoni, Rossiya va boshqa mas’uliyatli neft ishlab chiqaruvchilariga haqiqiy qo‘shilish Amerika tomonidan mantiqiy qadam bo‘lardi. Ammo hattoki Texas komissiyasi a’zolari orasida ham "bozor fundamentalistlari" bor, ulardan biri rais Ueyn Kristian (u kun tartibiga qazib olishni kvotalash taklifini to‘xtata olmagan) erkin bozorni himoya qilish uchun matbuotda chiqishga qaror qildi: "COVID-19 ortda qolishi bilanoq, benzin kabi neft mahsulotlariga talab, shubhasiz ortadi, chunki amerikaliklar yana ish joyiga yurishni boshlaydilar. Vaziyat barqarorlashmoqda. Gap "agar" bu ro‘y berishida emas, balki "qachon" ro‘y berishida. Bu bizning davlat duch kelgan birinchi inqiroz emas, ohirgisi ham emas. Lekin biz qarshi chiqqan bu qiyinchiliklarning yuz foizida Amerika, shu jumladan Texas, yanada kuchayib bormoqda. Aynan shu sababdan men erkin bozor tamoyillarini qo‘llashni va ​​Texasdagi kvotalashlarga qarshi chiqishni rejalashtirapman".

Tramp Putinga neft qazib olishni kamaytirganligi uchun minnatdorchilik bildirdi

AQSh qisqartirishlarni rad qilishi mumkin. Va bu, ehtimol, mamlakatning neft bozoridagi taqdiriga uncha ta’sir qilmas ham, ammo Texas komissiyasining bunday qarori juda jiddiy geosiyosiy oqibatlarga olib keladi. Gap shundaki, 2019-yilda amerikalik ekspertlar Saudiya Arabistoni va Rossiyaning qora oltin narxini ko‘tarishi va pasaytirishi mumkin bo‘lgan yangi neft alyansini yaratganidan jiddiy tashvishlanishdi, shu bilan birga OPEKga kiruvchi, va shu qatorda unga kirmaydigan davlatlar ham alyansga qo‘shilishdi. unga kirmaslik. 2020-yilda OPEK+ bitimi tugashi bilan, amerikalik geosiyosiy ekspertlar, shubhasiz, neft narxining tushishidan afsuslanishdi, ammo shu bilan birga, o‘tgan yili ularni qo‘rqitgan alyans AQShning global energetik siyosatiga va AQShning Yaqin Sharqdagi diplomatiyasiga tahdid qilishni to‘xtatganidan juda mamnun. Yangi, misli ko‘rilmagan OPEK+ bitimi Amerika dahshatini qaysidir ma’noda tiriltiradi va hattoki neft bozorida harakatlarni muvofiqlashtirish yanada kengaygani va hatto NATO mamlakatini ham qamrab olgani bilan bu dahshatni yanada kuchaytiradi. Financial Times xabar berishicha, "Norvegiya neft qazib olishni 13 foizga kamaytiradi", demak, Norvegiya hukumati "katta kelishuv" muzokaralari yakunlanmay turib OPEK+ mamlakatlariga bergan norasmiy va’dasini bajardi.

Inqiroz barham topadi va AQShsiz jahon neft bozorlarining taqdirini muhokama qilish odati qolishi ehtimoldan holi emas. Biroq, qiyosiy yolg‘izlikda yoki hech bo‘lmaganda ozchilikda qolgan taqdirda ham, AQSh va xususan Texas "erkin bozor" tamoyillari saqlanib qolganligidan dalda olishlari mumkin.

Ammo slanes sektorini bu tamoyillar baribir boqa olmaydi.