TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda o‘n kishi Xo‘jandda, yana besh kishi Dushanbeda kasallangan.
“Umumiy hisobda ikki ming kishi hozirda nazorat ostida”, - deya Sputnik Tojikiston manbasi ma’lum qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq 3,3 milliondan ziyod holat etilgan. Koronavirusdan tuzalganlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda. 228 mingga yaqin kishi esa virus qurboniga aylangan.
Markaziy Osiyoda Qozog‘istonda 3 138, O‘zbekistonda 2 017, Qirg‘izistonda esa 729 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Turkmaniston ushbu kasallikdan xoli Markaziy Osiyoning yagona davlati bo‘lib qolmoqda.