Toshkent shahar IIBB haydovchilarga murojaat qildi

IIBB haydovchilardan harakatlanishdan oldin transport vositalarni to‘liq va yaxshi ish holatida ekanligiga ishonch hosil qilishni so‘ragan.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkent shahar IIBB shaxsiy avtomobilda harakatlanishga ruxsat etilishi munosabati bilan haydovchilarga murojaat qildi.

O‘zbekistonda karantin rejimi yumshatilmoqda

“Haydovchilarimizdan harakatlanishdan oldin transport vositalarni to‘liq va yaxshi ish holatida ekanligiga ishonch hosil qilishingizni so‘raymiz”, - deyilgan.

Xususan, avtomobilning texnik holatini tekshirishda dvigatel, tormoz va boshqaruv tizimi, yordamchi jihozlar (tozalagichlar yorug‘lik va ovoz signallar), shinalar hamda davlat raqamlariga alohida e’tibor berish urg‘ulangan.

“Yodingizda bo‘lsin, texnik nosozlik bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish yo‘l harakati qoidalari tomonidan taqiqlangan. Yo‘llarda keskin harakatlanmang va qayrilmang, asta qo‘zg‘alib sekin to‘xtang, asta-sekin tezlikni oshiring hamda pasaytiring. Yo‘l harakati, ob-havo va yo‘l belgilari talablari asosida harakatlaning. Yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qiling va harakat vaqtida e’tiborli bo‘ling”, — deyiladi murojaatda.

Fuqarolarga muayan vaqtlarda shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi

Eslatib o‘tamiz, 30-apreldan soat 07:00 dan 10:00 gacha va soat 17:00 dan 20:00 gacha barcha turdagi yengil avtomashinalar yo‘lovchilari bilan birga ish joylariga borish, zaruriy dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun harakatlanishga ruxsat berildi.

Bunga qadar qadar shaxsiy manfaat yo‘lida transportdan foydalanish qat’iyan taqiqlangan edi. Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida mashinada harakatlanish mumkin edi.