O‘zbekiston aviaparvozlar cheklovini 30-iyunga qadar uzaytirdi

Avvaliga bu cheklovlar 20-aprelgacha amal qilishi rejalashtirilgan bo‘lib, keyinchalik bu sana 10-maygacha etib o‘zgartirilgandi
Sputnik

TOShKENT, 29 apr - Sputnik. O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa mamlakatlar bilan aviatashuvlarni 30-iyunga qadar to‘xtatib turish qarorini qabul qildi.

Pandemiya pul o‘tkazmalarini qanchaga kamaytiradi?

Bu haqda RIA Novosti mamlakat vazirlar mahkamasi qoshidagi tezkor shtabga tayangan holda xabar bermoqda.

O‘zbekiston hukumati ilgariroq koronavirus tarqalishi xavfi tufayli 16-mart sanasidan 30-aprelga qadar boshqa mamlakatlar bilan transport harakatini to‘xtatgan edi. Chet el fuqarolari va vatandoshlar uchun vatanga qaytishga charter reyslar tashkil qilindi. Ammo 30-martdan mamlakatda barcha aeroportlar yopildi va aviaqatnovlar to‘laligicha to‘xtatildi.

Avvaliga bu cheklovlar 20-aprelgacha amal qilishi rejalashtirilgan edi, keyinchalik bu sana 10-maygacha etib o‘zgartirildi.

Shtab xabariga ko‘ra, shu bilan birga hukumatning maxsus qarorlari bilan charter reyslar amalga oshirilishda davom etadi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib dunyo bo‘yicha infeksiyaga chalinganlar soni 3 millionga yaqinlashgan, 202 mingdan ortiq inson qurbon bo‘lgan. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1969 nafarga yetdi, vafot etgan bemorlar 8tani tashkil qilmoqda. 1,06 ming bemor sog‘aygan.