Julyetto Kyeza haqidagi xotiralar

Jurnalist va faylasuf Vladimir Lepexin ta’kidlashicha, o‘quvchilar Julyetto Kyeza haqida endi uning vafotidan keyin anglaydi.
Sputnik

Olga Zinovyeva. Jurnalist va faylasuf Vladimir Lepexinning so‘zlariga ko‘ra, rus o‘quvchisi Julyetto Kyezaning shaxsiyatining ko‘lamini endi - uning vafotidan keyin anglaydi. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab, u Aleksandr Zinovyev bilan yaqin do‘stlashdi. Do‘stlik bu insonlar hayotida shunchaki tasodifiy voqea bo‘lib qolmadi. Ularni Rossiya va Yevropa sivilizatsiyasining taqdiriga oid umumiy tashvish birlashtirgan.

Pekin AQSh “davlat” jurnalistlarini jazoladi

Kyeza Rossiyaga shunchalar tez-tez tashrif buyurar, televideniyeda chiqishlarda va mamlakatdagi va dunyodagi vaziyatni shunday adolatli tasvirlar ediki, aslida u Rossiya siyosiy va jurnalistik manzarasining ajralmas qismiga aylandi. Men uchun Julyetto Kyeza Ernest Xeminguyeyning analogidir, ammo jurnalistikada. Albatta, gap dunyo miqyosidagi shon-shuhrati va hatto uning ijodiy iste’dodi haqida ham emas. Men o‘xshashlikni birinchi navbatda bu ikki insonning dunyoqarashining yaxlitligi va hayotiy pozitsiyasida ko‘rmoqdaman.

Xeminguyey butun hayoti davomida barcha yirik urushlarda - Birinchi jahon urushi, Ispaniyada fashistlar bilan urush, Ikkinchi jahon urushlarida faol va ko‘ngilli ishtirok etdi va u har doim o‘z asarlarida va o‘z ko‘ngilliligida ajoyib insoniy fazilatlarni namoyish etib, natsistlarga qarshi qattiq pozitsiyani egallagan. Kyeza ham huddi shunday edi, u yoshligidan kommunist va Sovet Ittifoqi va Rossiyani yaxshi tushunadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan odam bo‘lib, umrining oxirigacha shunday bo‘lib qoldi. U insoniyatga qarshi jinoyatlarga qarshi kurashda hamisha yetakchi o‘rinni egallab kelgan.

Julyetto Kyezaning jurnalistika, siyosat va tahlil sohasidagi pozitsiyasi hech qachon moslanuvchan bo‘lmagan. Aksincha, u to‘lqinga, xususan, Yevropada o‘sib borayotgan anti-kommunizm va rusofobiyaga qarshi suzdi; ya’ni uning pozitsiyasi mutlaqo haqqoniy edi. Kyeza Aleksandr Zinovyev bilan birgalikda birinchilar qatorida qo‘lidagi faktlar bilan Nyu-Yorkdagi 2001-yil 11-sentabr voqealarini rasmiy talqin qilinishini shubha ostiga qo‘ygani bejiz emas".

Sputnik Estoniya jurnalistlari redaksiya bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatadilar

Julyetto Kyeza doimo izchil anti-globalist bo‘lib kelgan va oxirgi yillarda ayniqsa. 2014-yilda, Kiyevda G‘arb maxsus xizmatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan to‘ntarish ro‘y berganidan so‘ng butun "demokratik" Yevropa Rossiyaga qarshi chiqib, iqtisodiy sanksiyalarni e’lon qilganida, u juda oz sonli yevropalik jurnalistlar qatorida nafaqat rusofobiyaga berilmadi, balki Moskvani qo‘llab-quvvatladi ham. So‘nggi bir necha yil ichida Kyeza yevropalik o‘quvchi va tomoshabinlarga zamonaviy global kapitalizmning jinoiy tabiatida ifodalangan 75-yil oldin natsizmni mag‘lub etgan va bugungi kunda neonatsizmga qarshi chiqayotgan Rossiyaga nisbatan noo‘rin munosabatni sabr-toqat va professional ravishda tushuntirib keldi.

Shu bilan birga, italiyalik jurnalistni Kremlga yoki zamonaviy rus elitalariga alohida munosabatlarda ayblab bo‘lmaydi. Aksincha, Kyeza ko‘plab rus amaldorlari va oligarxlarni tanqid qilib, ularni transmilliy hokimiyatning bir qismi deb hisoblagan. U yuqori madaniyat, sifatli ta’lim va haqiqiy demokratiya uchun kurashni olib borayotgan italyan, rus va boshqa xalqlar tomonida bo‘lgan. Kyeza singari ishtiyoq bilan dunyo jurnalistikasida tobora kuchayib borayotgan senzuraga va soyadagi jinoiy klanlarning dunyoga yangi raqamli tartib o‘rnatishga intilishlariga qarshi turganlar kam bo‘lgan. Aynan shu maqsadda u "MegaChip" xalqaro anti-global birlashmasini boshqargan.

2016 yilda Julyetto "Rossiya segodnya" XAA "Zinovyevskiy klubi"ning xalqaro a’zoligiga kirish taklifimizni minnatdorchilik bilan qabul qildi. Kyezaning so‘zlariga ko‘ra, u klubning ishida qatnashishga qaror qildi, chunki klubning maqsadi "dunyoda Rossiyaning odil qiyofasini yaratish" bo‘lgan - har qanday halol inson va jurnalistning ayniqsa - asosiy e’tiqodi bo‘lishi kerak bo‘lgan va bu maqsad italiyalik xalqaro jurnalistning g‘oyalariga to‘la mos edi. Kyezaning dunyoqarashi shakllanib borishida adolatning yuqori tuyg‘usi asos bo‘ldi va aynan shu hususiyati bilan uni tanigan va qadrlaydiganlar uchun qadrli edi.

Ha, bugun biz bu shahsning ko‘lami va asl ma’nosini anglay boshlamoqdamiz. Biz barchamiz bu odamni juda sog‘inamiz - italiyalik do‘stimiz Julyetto Kyezani.