Rossiya Su-24lari va Amerika Donald Cook kemasi: Boltiqbo‘yi mintaqasida nima ro‘y bermoqda

Latviya, Litva va Estoniyada minglab chet el qo‘shinlari, shu jumladan amerikaliklar ham joylashgan. Boltiqbo‘yi mamlakatlari bitta katta mashg‘ulot maydoni va harbiy plasdarmga aylandi, deb yozadi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko.
Sputnik

Ko‘p yilgi "soya bilan jang" - juda zerikarli mashg‘ulot, Boltiqbo‘yi mintaqasidagi xorijiy qo‘shinlarning na foydaliligini va na biron bir ahamiyatini tasdiqlashga imkon bermaydi. Shu sababli, Rossiyaning Boltiq floti kemalari va samolyotlarining kundalik, rejali ishlari fonida NATO o‘zining jasorati haqida sujetlar ishlab chiqishi va videolarni yaratishi kerak.

Rossiya Su-24 bombardimonchilari Idlibdagi terrorchilarga zarba berdi

Belgiya harbiy-havo kuchlarining matbuot xizmati (samolyotlari Boltiqbo‘yi mamlakatlari osmonini qo‘riqlaydi) 17-aprel kuni Belgiya F-16 qiruvchilari tomonidan Rossiyaning Su-24M front bombardimonchi samolyotlari, Su-27 va Su-30SM qiruvchi samolyotlarini nishonga olishi va kuzatib qo‘yishi videosini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, Litva sohilida Rossiya harbiy aviatsiyasi AQSh Xarbiy dengiz kuchlari 6 floti USS Donald Cook kemasini kuzatib uchayotgan paytda kuzatuvga olindi.

Ushbu "dramatik lahza"ni  Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashrini ham qo‘zg‘atdi, ya’ni nashrning veb-saytining minglab tashrif buyuruvchilari xalqaro havo maydonlarida "juma kungi to‘qnashuv"ning videosini ko‘rishlari mumkin edi. Va bu ruslar o‘zlarinig "havo-yer"  ulkan raketalar bilan qanchalik xavfli ekanligini his etishdi. Ko‘pchilikda taassurot qoldi - qariyb 300 ta sharh va ijtimoiy tarmoqdagi 700 ta qayta joylashtirishlar.

Biroq, Rossiya samolyotlarining parvozlari va Belgiyaning F-16 samolyotlari bilan uchrashuvi aslo "Cook"ga uyushtirilgan ov bilan emas, balki Boltiq flotining odatiy mashqlari bilan bog‘liq.

Rejalashtirilgan manyovrlar

Rossiyaning G‘arbiy Harbiy okrugi (ZVO) va Boltiq floti (BF) ning mas’uliyat hududida bu kunlarda Quruqlik kuchlari, aviatsiya, havo mudofaasi va dengiz kuchlarining bir qator kompleks qo‘shma mashqlari davom etmoqda. Amaliyot rejalashtirilgan, bu mintaqada amerikaning Donald Cook kemasi yoki Belgiya qiruvchilarining borligiga hech qanday aloqasi yo‘q. "Cook"ni razvedka qilib atrofida uchish uchun bitta Su-24MR samolyoti yetarli bo‘lardi, biz ilgari Boltiqbo‘yi va Qora dengizda bu kabi voqealar rivojini bir necha bor ko‘rganmiz. Bugungi kunda yanada muhimroq vazifalar turibdi.

21 aprelNato kuni Boltiq floti dengiz aviatsiyasining Su-30SM va Su-24 samolyotlari ekipajlari Kaliningrad viloyati va dengiz uzra uchib o‘tishdi, quruqlikdagi bo‘linmalar uchun zarbalarni quvvatlash masalalarini ishlab chiqishdi va mashg‘ulot maydonlarida shartli dushmanning qo‘mondonlik maskanlari, zirhli transport vositalari va qo‘shinlarini yo‘q qilishdi. Turli xil balandliklarda va tezlikda hujumkor va mudofaa manevrlaridan foydalangan holda pilotaj qilishga alohida e’tibor qaratildi. Shu kunning o‘zida Kaliningrad viloyatidagi Donskoy aerodromida Mi-24 hujum vertolotlari, Mi-8 transport vertolotlari va kema Ka-27 va Ka-29 vertolotlari jihozlanmagan sohilga dengiz desantini qo‘nishini ta’minlab turdilar.

"Hindlar shokda edi": Rossiya tanklari nimalarga qodir

Bir vaqtning o‘zida, "Kaliningrad" va "Korolev" yirik desant kemalari, "Yevgeniy Kocheshkov" kichik desant kemasi va desant katerlaridan iborat desant guruhi shartiy dushman aviatsion hujumini qaytardi. Shu bilan birga, ekipajlar radioelektron kurash vositalaridan faol foydalanganlar. Keyin katta desant kemalari dengiz nishonlarga artilleriya zarbalarni amalga oshirdi.

Desantni qo‘ndirish Kaliningrad viloyatidagi Xmelevka poligonida bo‘lib o‘tdi. Dengiz piyodachilari bo‘linmalari, kemalar va aviatsiya ekipajlari dengizdan turib shartli dushmanning desantga qarshi mudofaasini buzib o‘tib qirg‘oqni qo‘lga olish vazifalarini bajardilar. Dengiz tomonidan zarbalar yordamida sohilda BF dengiz piyodasi desant-hujumchi rotalari va 20 ga yaqin BTR-82A zirhli transport vositalari harakat qilgan.

Boltiq floti raketa kemalari ekipajlari havo nishonlariga qarata zarbalarni amalga oshirdilar va dengiz va qirg‘oq nishonlariga qanotli raketa hujumlarini o‘rgandilar. Mashg‘ulotlarning mazmuni va hususiyati, umuman olganda, xorijiy "hamkorlarga"ga Rossiyaning Boltiqbo‘yi mintaqasidagi tezkor va strategik ustunligini yaqqol namoyish etadi. Belgiyaning "havo politsiyasi" sakkiz qiruvchisi va bitta Amerika kemasi bu mintaqada hech narsani o‘zgartirolmaydi.

Mayda mash-masha

NATOning Rossiya chegaralari oldida harbiy harakatlarini bahorgi kuchayishi  doirasida, AQShning USS Donald Cook raketalarga qarshi kemasi NATOning havo mudofaasi va raketalarga qarshi tizimlari uchun avtomatlashtirilgan jangovar nazorat, aloqa va razvedka tizimini shakllantirishga yordam bermoqda. Biroq, "hamkorlar" bir necha qadam ortda qolmoqda. Yuqori texnologiyali qurollar va jug‘rofiy joylashuvi Boltiq dengizida, shuningdek Boltiq sohillarida Rossiyani daxlsiz qiladi.

Ehtimol Brussel va Vashingtonda idrokli harbiy rahbarlar buni tushunishadi. Aks holda, 22-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov va NATOning qo‘shma qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Tod Uolters o‘rtasida "o‘zaro manfaatli masalalar" muhokama qilinmagan bo‘lardi. Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlar butunlay muzlatilganiga qaramay, bunday aloqalar saqlanib qolmoqda.

The National Interest Rossiyaning T-95 tankini NATO uchun chinakam dahshat, deb atadi

Moskva AQSh chegaralari yaqinida, masalan, Meksikada harbiy bazalar qurmaydi va Vashingtondan ham shunday tinchlikparvarlikni kutish huquqiga ega. Biroq, Latviya, Litva va Estoniyada minglab chet el qo‘shinlari, shu jumladan Amerika qo‘shinlari joylashgan. Boltiqbo‘yi mamlakatlari bitta katta poligon va harbiy plasdarmga aylangan.

Buyuk Britaniyaning umumiy qumondonligi ostidagi alyansning ko‘p millatli bataloni (1,4 ming atrofidagi harbiy xizmatchi) Rossiya chegarasidan 100 kilometr narida joylashgan Tapa harbiy bazasida joylashtirilgan. Bu yerda yuzlab og‘ir harbiy texnika, arsenal va omborlar joylashtirilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi takomillashtirildi. Respublikada Estoniya armiyasi uchun o‘ta katta bo‘lgan yana bir yirik Emari harbiy bazasi mavjud. Latviyada ko‘p millatli NATO batalonining joylashgani ham (Kanadalik "hamkorlari" qo‘mondonligi ostida) qo‘shni Rossiyada savollarni tug‘diradi. Bundan tashqari, Liyelvardda mintaqadagi eng yirik ittifoq aviabazasi barpo etildi. Litvadagi alyansning ko‘p millatli legioniga Bundesver rahbarlik qilmoqda. Go‘yoki rotatsiya holatida bo‘lgan xorijiy jangovar samolyotlar, vertolotlar, zirhli transport vositalari va tanklarning turlari va sonlarini uzoq vaqt hisoblash mumkin. Gap hatto NATOning qo‘shinlari va kuchlari sonida ham emas, balki harbiy-siyosiy ziddiyatni Rossiya ostonasida dushman blokning jangovar (zarba beruvchi) infratuzilmasining mavjudligi va kengayishi keltirib chiqarayotganida. Ushbu "mayda mash-mashalar" fonida Boltiq floti va G‘arbiy Harbiy okrugning faoliyati o‘rinli, zarur va o‘sishda davom etadi.