TOSHKENT, 20 fev – Sputnik. Rossiya Su-24 bombardimonchilari Idlibda joylashgan terrorchilarga zarba berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Guruhlarning Suriya hududiga chuqur kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Rossiya havo-kosmik kuchlarining SU-24 samolyotlari Suriya qoʻmondonligi iltimosiga binoan terrorchi guruhlarga qarshi zarba berildi. Bu Suriya kuchlariga barcha hujumlarni muvaffaqiyatli bostirishga imkon berdi”, - deyilgan bayonotda.
Zarba oqibatida bir dona tank, 6 dona BMP va 5 dona pikap yoʻq qilindi.
Oldinroq OAV Damashq Idlib viloyatidagi Sarakib gʻarbidagi Neyrab qishlogʻi atrofida turkparast qoʻshinlarning ommaviy hujumini qaytarganini xabar qilgan edi. Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, SAR armiyasi raqib askarlarini qisman yoʻq qilishga muvaffaq boʻlgan. Bundan tashqari, suriyaliklar hech qanday aholi punktlarini taslim qilmagan.
Dushanba kuni Suriya prezidenti Bashar Asad Suriya armiyasi Anqara reaktsiyasiga qaramay Halab va Idlib viloyatlarini ozod qilishni davom ettirishini aytgandi.