Buxoroda 467 tup ko‘knor o‘stirgan ayol aniqlandi

Qorako‘l tumani yashovchi fuqaro F.T. 467 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklarini o‘stirib, parvarishlab kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Buxoroda 467 tup ko‘knor o‘stirgan ayol aniqlandi.

Ichakdagi geroinlar: DBQ 5,5 kg dan ziyod giyohvand moddasini musodara qildi - foto

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 20-aprel kuni Qorako‘l tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Qorako‘l tumani “Darg‘ali” qishlog‘ida yashovchi fuqaro F.T. 467 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklarini o‘stirib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. O‘simliklar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.