TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Visa xalqaro to‘lov tizimi O‘zbekistondagi banklarga koronavirus pandemiyasi davrida muddati o‘tgan kartalarga xizmat ko‘rsatishni davom ettirishni taklif qildi.
"Biz ushbu vaziyatda O‘zbekistondagi banklar o‘z mijozlariga kartalarni o‘z vaqtida qayta chiqarish va yetkazib berish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini tushunamiz. Hamkor banklarimizga muddati o‘tgan Visa kartalari amaliyotlarini avtorizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida eslatib o‘tamiz. Buning uchun banklarga o‘z taraflarida sozlamalarni o‘zgartirishlarini maslahat beramiz", - dedi Aliya Chinibayeva, Visa Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri.
Ushbu qadam banklarga kartalarni qayta chiqarish va yetkazib berish bilan bog‘liq yukni kamaytiradi va iste’molchilarga Visa bilan to‘lashni davom ettirish imkonini beradi, deyiladi bayonotda.
Muddati o‘tgan karta egalari operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini tekshirish uchun kartani chiqargan bank bilan bog‘lanishlari kerak.
Avvalroq, Visa PIN-kodni kiritish orqali karta egasi tasdiqlanishini talab qilmaydigan, kontaktsiz tranzaksiyalar uchun chegara oshishi haqida xabar bergan edi. O‘zbekiston uchun bu limit endi 500 ming so‘mni tashkil etadi.