Tramp u Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi

Oq uydagi brifing davomida Amerika yetakchisi u singari hech kim Rossiyaga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lmaganini aytdi. Biroq bunga qaramasdan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga erishgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington kiritgan sanksiyalar va keskin choralarga qaramasdan Moskva bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.

Tramp Putinga neft qazib olishni kamaytirganligi uchun minnatdorchilik bildirdi

18 aprel kuni Oq uydagi brifing davomida Amerika yetakchisi u singari hech kim Rossiyaga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lmaganini aytdi.

“Sanksiyalarga qarang. Ularning Yevropaga gaz quvuri (“Shimoliy oqim-2” – tahr.) bilan nima qilganimga qarang. Lekin shu bilan birga Putin bilan munosabatlarim yaxshi. Men Rossiya, Saudiya Arabistoni, OPEK+ bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘ldim. Bu Texas, Shimoliy Dakota, Oklaxoma va boshqa shtatlarimizni saqlab qoladi”, - deya Tramp so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

12 aprel kuni OPEK+ mamlakatlari bozor barqarorligini saqlab qolish maqsadida neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risida kelishib olgan edi.