Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyadagi chet elliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xususan, mehnat migrantlariga istisno va imtiyozlar beruvchi yangi qarorni imzoladi.
Farmon bilan 15-martdan 15-iyungacha barcha hujjatlarning amal qilishi muddati to‘xtatib qo‘yiladi.
“Rossiya migrantlari federatsiyasi” rahbari ushbu qarorni oddiy tilda tushuntirib berdi.
“Agar 15 kuni (mart – tahr.) sizning amal qiluvchi registratsiya yoki patentingiz bo‘lsa, undan keyingi kun bu 16-iyun. Hisoblashda ular “kesib tashlanadi” (ushbu davr oralig‘i – tahr.), - deya tushuntiradi Vadim Kojenov.
Ushbu davrda patentni to‘lash kerak emas, registratsiyani uzaytirish kerak emas, hech narsasi, jumladan, vizani uzaytirish kerak emas, deydi ekspert.
“Siz 15-mart kuniga qonuniy bo‘lgan bo‘lishingiz juda muhim. Agar 15-mart holatiga ko‘ra hujjatlaringiz joyida bo‘lgan bo‘lsa, siz uchun hech qanday jarima, sanksiya va muammo bo‘lmaydi”, - deya ta’kidladi Vadim Kojenov.