Rossiyada o‘zbekistonliklarga yordam berish maxsus guruhi tashkil etildi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Rossiyada “Saxovat” ko‘mak markazi tashkil etildi. Ayollarga, ko‘p bolali oilalarga, qariyalar va nogironlarga birinchi navbatda yordam ko‘rsatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida  Rossiyada “Saxovat” ko‘mak markazi tashkil etildi. "Pravda Vostoka" xabariga asosan.

"Pul yo‘q": patent to‘lovini vaqtincha bekor qilish bo‘yicha hukumatga murojaat yo‘llandi

“Markaz Rossiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar va ularning oilalariga manzilli yordam tizimi yo‘lga qo‘yiladi”, - deyilgan xabarda.  

Arizalar 16-apreldan boshlab http://саховат.рф/  va Facebook’dagi sahifa orqali qabul qilinadi.

Birinchi navbatda ayollarga, ko‘p bolali oilalarga, qariyalar va nogironlarga yordam ko‘rsatiladi.

Shuningdek, volontorlar tomonidan  Moskva va Moskva viloyatida ehtiyojmandlarga oziq-ovqat va dori-darmonlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga 14-aprel kuni 158 fuqaroga diplomatik vakolatxona tomonidan yordami ko‘rsatilganligini ma’lum qilgan edi. Diplomatlarning o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olingan dori-darmon va shaxsiy gigiyena vositalari taqdim etildi.