Dunyo bo‘ylab neftga talab 1995-yil darajasiga tushdi

Aprel oyida neftga global talab kuniga 70,4 million barrelni, yil hisobi bo‘yicha esa - kuniga 90,6 million barrelni tashkil etadi
Sputnik

TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Xalqaro Energetika Agentligi (XEA) prognoziga ko‘ra, joriy oyda dunyo bo‘yicha neftga talab yilik hisobda kuniga 29 million barrelga kamayadi, deyiladi aprel hisobotida.

Buyuk neft sulhi: bundan keyin nima bo‘ladi

Tahlilchilarga ko‘ra, oxirgi marta bu daraja 1995-yilda kuzatilgan.

Aprel oyida neftga global talab kuniga 70,4 million barrelni, yil hisobi bo‘yicha esa - kuniga 90,6 million barrelni tashkil etadi.

"May oyida kuniga yana 26 million barrelga sezilarli pasayish amalga oshadi. Iyun oyida asta-sekin tiklanish tezlashishi mumkin, ammo talab hali ham o‘tgan yilga qaraganda kuniga 15 million barrelga kam bo‘ladi", - deyiladi hisobotda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yil oxiriga kelib neftga talabning pasayishi tarixdagi eng katta bo‘lib, 2019-yilga nisbatan kuniga 9,3 million barrelni tashkil qiladi, "bu o‘n yillik o‘sishni deyarli yo‘qqa chiqaradi".

Tramp Putinga neft qazib olishni kamaytirganligi uchun minnatdorchilik bildirdi

XEA tahlilchilarining ta’kidlashicha, OPEK+ bitimi dunyoda talab pasayishini qoplay olmaydi, ammo yilning ikkinchi yarmida zahiralarning pasayishi boshlanishiga olib kelishi mumkin.

Birja savdolari Agentlikning prognozlari chop etilganidan so‘ng, neft narxining pasayishi tezlashganini ko‘rsatmoqda.

Moskva vaqti bilan 11:43 holatiga ko‘ra Shimoliy dengizning Brent markali neftining iyun oyi fucherslari narxi 4,26 foizga pasayib, bir barrel uchun 28,36 dollarni tashkil etdi, bir necha daqiqa oldin ko‘rsatkich besh foizdan oshiqroqqa pasaygan bo‘lib, bir barrel uchun 27,98 dollarni tashkil qilgan. XEA prognozlari nashr etilishidan oldin narxlar taxminan uch foizga pasaygan edi.