"Biz shuni istaymiz". AQSh Xitoyga koronavirus bo‘yicha ultimatum qo‘yadi

Sal oldin AQSh Davlat kotibi jahon hamjamiyati istiqbolda pandemiya aybdorini topishi kerakligini aytgan edi, mana endi Pekin go‘yoki yangi koronavirus haqida o‘z vaqtida barcha ma’lumotlarni taqdim etmaganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Vashington Pekindan koronavirus bshyicha barcha kerakli ma’lumotlarni talab qilishni rejalashtirmoqda va oladi ham. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Koronavirus AQSh siyosiy kelajagini hal qiladi - siyosatshunos

Diplomat shu munosabat bilan xitoy hukumatini hamkorlikka chaqirdi, deb yozadi "Gazeta.ru".

"Xitoyliklar hamkorlikni istashlarini aytishadi. Biz ham shuni istaymiz. Lekin hamkorlik qilish uchun zarur ma’lumot, axborotga ega bo‘lish kerak", - deya qayd etdi davlat kotibi.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hali ham XXRda koronavirus infeksiyasi qay tarzda tarqalib ketgani haqidagi ma’lumotlarni olishga muhtoj.

AQSh va Britaniya Xitoydan virus uchun "tovon" talab qilishga shaylanmoqda

Sal oldin AQSh Davlat kotibi jahon hamjamiyati istiqbolda pandemiya aybdorini topishi kerakligini aytgan edi, mana endi Pekin go‘yoki yangi koronavirus haqida o‘z vaqtida barcha ma’lumotlarni taqdim etmaganini ma’lum qildi.

O‘tgan yil dekabr oyi oxirida xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya avj olgani haqida bayonot bilan chiqqan edi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligi aniqlandi, unga rasman COVID-19, deb nom berildi.

O‘n birinchi mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) yangi koronavirus epidemiyasini pandemiya, deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga binoan, jahonda ushbu virusga chalinganlar soni 2 milliondan oshgan.