Koronavirus AQSh prezidentlik saylovlarida hal qiluvchi omil bo‘ladi, bu saylov kampaniyasida Trampning deyarli barcha qadamlariga xalaqit berdi, dedi Sputnik Ozarbayjonga siyosiy innovatsiyalar va texnologiyalar markazi direktori Mubariz Ahmedo‘g‘li.
Koronavirus epidemiyasi sababli unutilgan prezidentlik kampaniyasida, Trampning raqibi aniqlandi: vermontlik senator, sotsialist Berni Sanders saylov poygasidan chiqib ketganidan keyin vitse-prezident Djo Bayden bo‘ldi.
“Koronavirus pandemiyasi tufayli, avvalgi saylovlarda bo‘lgani kabi, Tramp uchun muvaffaqiyat qozonish juda qiyin bo‘ladi. Menimcha, amerikaliklar eski boshqaruv konsepsiyalarini afzal ko‘rishadi”, - deydi mutaxassis.
AQShda prezident saylovlari 9-noyabrda o‘tkazish belgilangan, biroq pandemiya qanday o‘zgaritishlar kiritishi hali noma’lum.