Qashqadaryoda ham ikki bemor koronavirusni yengdi

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorga javob berildi. Mamlakat bo‘ylab ushbu kasallikdan jami 68 nafar bemor to‘liq sog‘aydi
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Buxoro va Xorazmda besh nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib ketdi

Qayd etilishicha, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan.

Shu tariqada, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 68 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.