Rossiyalik deputat: koronavirusning asosiy xavf guruhiga migrantlar tushib qolgan

“Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov migrantlar har doim ham o‘zini yakkalash hayot tarziga amal qilmaydi, ko‘pchilik bo‘lib turishadi, bir-birlari va atrofdagilariga kasallikni yuqtirishlari mumkin deb hisoblaydi.
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. “Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov koronavirusning asosiy xavf guruhiga mehnat migrantlari tushib qolgan deb hisoblaydi. Shuning uchun SSV va IIV koronavirusni migrantlar orasida aniqlashni ta’minlashi zarur.

“Mehnat migrantlari bugungi kunda juda katta va yomon nazorat qilinadigan koronavirusning xavf guruhini tashkil etadi. Ularning ko‘pchiligi ishidan ajraldi, biroq chegaralar yopiqligi tufayli mamlakatni tark eta olishmaydi, ularni chiqarib yuborishning iloji yo‘q”, - deya Mironov so‘zlaridan iqtibos keltirgan partiya matbuot xizmati.

Mordoviyada chet ellik talabalarda koronavirus aniqlandi

Deputatning ta’kidlashicha, o‘z holiga qolgan migrantlar keyinchalik nafaqat tibbiy, balki kriminogen xatarlarni tug‘dirishlari mumkin.

Mironovning so‘zlariga ko‘ra, hozir ko‘pchilik migrantlar yetkazib berish, taksi, savdo-sotiq, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlashni davom ettirmoqda.

Uning fikriga ko‘ra, aynan shu xavf tug‘diradi.

U migrantlar har doim ham o‘zini yakkalash hayot tarziga amal qilmaydi, ko‘pchilik bo‘lib turishadi, bir-birlari va atrofdagilariga kasallikni yuqtirishlari mumkin deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, uning fikriga ko‘ra, ish beruvchilar migrantlar sog‘lig‘ini jiddiy nazorat qilmaydi. Shu bois migrantlarni nazorat qilish tizimini yaratish lozim.

Koronavirusga chalingan tojikistonlik Moskva bo‘ylab taksistlik qilgan

Mironov pandemiyaga qadar ham migrantlar majburiy tibbiy sug‘urta tizimi bilan ta’minlanmaganiga e’tibor bergan.

“Muammoga ham federal, ham mintaqa hukumatlari alohida e’tibor qaratishlari zarur. SSV va IIV bo‘linmalari tomonidan migrantlar orasida kasallanganlarni nazorat qilish, aniqlash va izolyatsiya qilish choralari lozim”, - deya qayd etgan deputat.

U yaqin kunlarda tegishli vazirlikka migrantlar ustidan nazorat taklifini ko‘rib chiqishni so‘rab, iltimosnoma yuborishini qo‘shimcha qilgan.