Koronavirusga chalingan tojikistonlik Moskva bo‘ylab taksistlik qilgan

© Sputnik / Alexey Maishev / Mediabankka o‘tishBolnitsa v Kommunarke dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus
Bolnitsa v Kommunarke dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiyot xodimlari bemordan to‘liq tuzalguniga qadar uyda qolishni so‘rashgan, ammo u karantin qoidalarini buzgan

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Moskvada o‘zining koronavirusga chalinganligini bilgan holda taksistlik qilib yurgan haydovchi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda "360" telekanali o‘z manbasiga tayangan holda.

Sotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada “korona”ga immunitet testi tayyorlanmoqda

Huquqni muhofaza qilish organlarida aniqlik kiritilishicha, erkak Tojikiston fuqarosi bo‘lgan va Tula viloyatida vaqtinchalik ro‘yxatda turgan. Moskvada esa doimiy istiqomat qilib kelgan.

Politsiyachilar uning yoshi 35daligini, bunday ism va familiyali odam esa "Yandeks.Taksi" ma’lumotlar bazasida borligini aniqlaganlar.

Politsiya xodimlari uni uyining oldida qo‘lga olgan va tojikistonlik o‘zida koronavirus aniqlanganiga iqror bo‘lgan.

Tibbiyot xodimlari undan to‘liq sog‘ayguniga qadar uyda qolishni so‘rashgan, ammo u karantin qoidalarini buzgan.

Erkak mashinadan taksistlik qilish uchun emas, faqat do‘konga borish uchun foydalanganini aytgan, ammo u qat’iy izolyatsiya rejimini buzgan.

Politsiyachilar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishgan va shundan so‘ng uni "Saritsino"dagi observatsiya markaziga yuborishgan.

Yangiliklar lentasi
0