Tibbiyot tashkilotlarida 1-maydan xalq tabobati xonalari ochiladi

2020 yil 1-maydan tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi davlat ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalarida hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati xonalari ochiladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. Tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati xonalari ochiladi, bu haqda "O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" prezident qarorida aytilgan.

Xalq tabobati bilan kimlar shug‘ullanishi mumkin – buyruq loyihasi tayyorlandi

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-maydan:

* davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi (Respublika markazi);

* tibbiyot OTMlarida va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari (Hududiy markazlar) tashkil etiladi.

Respublika markazining asosiy vazifalaridan biri xalq tabobati usullaridan foydalangan holda kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolashning samaradorligini tahlil qilish va o‘rganishdan iborat.

Respublika markazi Sog‘liqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi va unga hisobdor bo‘ladi.

Respublika markaziga sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Koronavirusni tabiblar davolay oladimi?

Hududiy markazlarda o‘qitish sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha pullik asosda amalga oshiriladi, o‘qitish qiymatining miqdori Respublika markazi tomonidan belgilanadi.

Hududiy markazlarning bitiruvchilariga xalq tabobati bo‘yicha malaka oshirganlik to‘g‘risida rasmiy hujjat deb tan olinadigan belgilangan shakldagi sertifikat beriladi.

Xalq tabobati bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi xalq tabobatining tegishli yo‘nalishlarida faoliyat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.

2020 yil 1-maydan tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi davlat ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalarida hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati xonalari ochiladi.