Koronavirusni tabiblar davolay oladimi?

© Sputnik / Mediabankka o‘tishLechebnie travi
Lechebnie travi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusni tibbiyot mutaxassislarisiz ham tabib o‘zi mustaqil davolay oladimi? Ushbu savol yuzasidan brifing orqali javob berildi.

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. “Koronavirus infeksiyasi maxsus davolashni talab qiladigan kasallik. Albatta bunday paytlarda tabiblar ham ko‘payib ketishi tabiiy”, – deydi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov. 

Test-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rospotrebnadzor koronavirus uchun yuqori aniqlikdagi testni yaratdi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda yo‘llangan “Tabiblar koronavirusni davolay oladimi?” kabi savol yuzasidan aniq va lo‘nda javob berildi;  

"Koronavirus infeksiyasi maxsus davolashni talab qiladigan kasallik. Albatta bunday paytlarda tabiblar ham ko‘payib ketishi tabiiy. Lekin, ushbu infeksiyaga chalingan bemorlar shifoxona sharoitida, yuqumli kasalliklar, virusolog, pulmonolog, reanimatolog, pediatr kabi mutaxassislar tavsiyalariga asosan davolanishi kerak. Bu tabiblar davolaydigan kasallik emas," – dedi Otabekov.

Yangiliklar lentasi
0