Onaizor koronavirusdan vafot etgan o‘g‘lining so‘nggi so‘zlari bilan bo‘lishdi

Ayolning o‘g‘li ikki hafta davomida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga amal qilgan. To‘rtinchi aprel kuni bemorning ahvoli og‘irlashgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Londonda yashovchi Anna Nyak Daily Mail tabloidiga koronavirusdan vafot etgan o‘g‘li haqida gapirib berdi.

Koronavirus bosh miyani jarohatlashi mumkin – Rossiya olimlari

Emeka Nyak avtobus haydovchisi bo‘lib ishlagan va epidemiyaga qaramay, o‘z vazifasini bajarishga majbur bo‘lgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, u barcha xavfsizlik choralariga amal qilgan va imkoni boricha uyda qolishga harakat qilgan.

O‘ttiz olti yoshli haydovchining rahbarlari uni himoya vositalari bilan ta’minlashmagan, avtobus ham dezinfeksiya qilinmagan. Natijada, Nyak virusga chalingan.

U ikki hafta davomida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga amal qilgan. To‘rtinchi aprel kuni erkakning ahvoli og‘irlashgan.

"U qo‘rqib qolgandi va zo‘rg‘a nafas olardi. Ahvoli juda og‘ir edi. U tinmasdan mendan qachon tez tibbiy yordam kelishi haqida so‘rardi. Uning oxirgi so‘zlari: "Oyijon, men chiqa olmayman", - bo‘ldi, deb hikoya qildi Anna Nyak.

AQSh va Britaniya Xitoydan virus uchun "tovon" talab qilishga shaylanmoqda

Ayolning o‘g‘li shifokorlar brigadasi kelgach, bir oz muddatdan so‘ng vafot etgan.

Nyakdan tashqari London jamoat transporti tizimining yana to‘qqiz nafar xodimi koronavirusdan vafot etgan.

Vafot etganlarning qarindoshlari yuz bergan hodisada Britaniya poytaxti meri Sodiq Xonni ayblashdi. Ularning fikricha, hukumat ishchilarni infeksiyaga qarshi maxsus vositalar bilan ta’minlamagan.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda virusdan kasallanganlar soni 1,35 milliondan oshdi. Britaniyada bemorlanganlar soni 55 mingga yetgan, 6 mingdan ziyod kishi vafot etgan.