O‘zbekistonda yana besh bemor koronavirusni yengdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana besh nafar bemor koronavirusdan butunlay tuzalib ketganini xabar qildi. Sog‘aylargan soni 30 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana 5 bemor koronavirusdan tuzalib ketdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“Yana besh bemor tuzalib, koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 30 nafarga yetdi”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda yana 32 kishida COVID-19 tasdiqlandi

Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

"Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarini, shuningdek, boshqa hududlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan, shu bilan birga, karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olgan barcha-barcha tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam", — deya ta’kidlangan xabarda.