TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana 32 kishida COVID-19 tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
“Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 298 nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, oxirgi tasdiqlanganlarning ham barchasi statsionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.